Menejment va statistika


-jadval Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i stavkalari (%)



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə111/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

2.2-jadval

Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i stavkalari (%)

Ja’mi daromad miqdori


1.01.2003


1.01.2011


1.01.2012


1.01.2013


1.01.2014


Eng kam ish haqqining besh (5) baravari miqdorigacha


13

10

9

8

7.5

Eng kam ish haqqining besh (5) baravaridan (+1) o‘n baravari miqdorigacha

22

16

16

16

16

Eng kam ish haqqining o‘n baravari miqdoridan (+1 so‘m) va undan yuqori miqdoridan

32

22

22

22

22



Jadval ma’lumotlaridan xodimlar daromadlaridan olinadigan soliqlarning qanchalik kamayib borganligini ko‘rib turibsiz. Ayniqsa yuqori daromad oladigan xodimlar daromadidan olinadigan soliqlar, stavkasi 2003 yil 32% dan 2012 yil 22% gacha kamaydi.
Bundan tashqari minimal ish haqqining oshirilishi, daromad solinadigan summaning minimal miqdorini bir necha barovar oshirgan. Agarda 2003 yilda minimal ish haqqi 5440 so‘m bo‘lib, uning besh baravari ya’ni 13 foizdan soliq ushlanadigan summasi 27200 so‘m hisoblanadi, o‘n baravaridan ko‘prog‘i esa-ya’ni eng yuqori stavkada soliq olinadigan summasi 54400 so‘m bo‘ladi. 2012 yil boshida minimal ish haqqi 79590 so‘mni tashkil etadi va uning besh baravari 397950 so‘mdir. E’tibor bering agarda minimal ish haqqi miqdori o‘zgarmasdan qolganda, unda 795900 so‘m bo‘lgan mehnat haqqidan qanchalik soliq ushlanar edi.
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar aholi daromadlarining katta qismini tashkil etadi va uning barcha daromadlaridagi hissasi yildan-yilga oshib bormoqda.
O‘zbekiston mustaqillikga erishib iqtisodiyotda bozor munosabatlarini tanladi va davlat mulkini xususiylashtirish boshlandi. Bunda dastlabki yillarda (1992-1993 yillar) savdo, maishiy xizmat sohasidagi kichik korxonalar, keyinchalik esa (1994-1995 yillar) yengil, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoq korxonalari xususiylashtirildi. Xususiylashtirilgan ob’ektlar turli (aksioner jamiyati, ma’suliyati cheklangan jamiyat, qo‘shma korxonalar va shu kabilar) mulk shakldagi ko‘rinishga ega bo‘lib, faoliyat yurita boshladi. Bundan tashqari juda ko‘p xususiy mulkga asoslangan korxonalar foaliyat yurita boshladi. Shunday qilib, mulkdorlar sinfi shakllandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida «Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli» deb belgilangan. 2012 yilning 1 yanvar holatiga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 523,4 mingtani tashkil etadi va ularning 92 % dan ko‘prog‘i nodavlat mulkiga asoslangan sub’ektlardir. Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga katta ahamiyat berildi, ularning faol faoliyat yuritishlari uchun soliq to‘lovlaridan imtiyozlar berildi. Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmining 52% dan ko‘prog‘ini bermoqda. Sanoatning turli tarmoqlarida ayniqsa oziq-ovqat, yengil, qurilish materiallari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi kabi tarmoqlarda xususiy kapitalga asoslanib faoliyat yuritayotgan, hamda katta daromad olayotgan sub’ektlar ko‘p, ular barcha tuman va mahallalarda topiladi.
Qishloq xo‘jaligida asosan dehqon va fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Ular paxtadan, g‘alladan, meva-sabzavotdan, chorvochilik va qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan mo‘l hosil olib, o‘z daromadlarini ko‘paytirmoqda. Vaqtli matbuotda, televizorda qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirib, katta daromad olib, uning o‘zidan ortgan qismini turli xayriya ishlariga (yo‘l qurilishi, ko‘prik sozlashga, mahalliy maktabni ta’mirlashga va shu kabilar) sarflanayotganlarni yoritishayapdi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga Davlatimiz katta ahamiyat berib kelmoqda. Uni rivojlantirishda Respublika Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 iyuldagi «Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Oilaviy tadbirkorlikda nafaqat ushbu oilaning daromadi ko‘payib, turmushi farovon bo‘ladi, balki yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Mamlakatimizda hunarmandchilik ham keng rivojlangan. Ota-bobolarining hunarini davom ettirib, mamlakatda shuhrat qozongan hunarmandchilik mintaqalari mavjud, bularga Rishton kulolsozlari, Buxoro – zardo‘zchilari, Marg‘ilon – atlaschilari, Chust – pichoqsozlari, Qo‘qon – Chust – duppi tikuvchilari va shu kabilarni keltirish mumkin. Demak, hunar turlari ko‘p ekan. Ularga tikuvchilar, zargarlar, misgarlar, sandiqsozlar, so‘zana, to‘n va do‘ppi tikuvchilar, non va shirinliklar pishiruvchilar, etikdo‘zlar, maxsido‘zlar va shu kabi yuzlab turdagi hunarlar bilan shug‘ullanuvchilar kiradi.
Aholining daromad olish turlari va manbalari ko‘p bo‘lib, ulardan biri mulkni ijaraga berishdir. Mulkni ijaraga berish va daromad olish (ijara haqqi sifatida) qonuniy bo‘lib, o‘zaro ijara shartnomasi tuzish bilan amalga oshiriladi. Mulkni ijaraga berishda turar joylarni, transport vositalarini, asbob-uskunalarni, idish-tavoqlarni, mebellarni va shu kabilarni ijaraga berib, daromad olish rivojlangan. Hozirgi paytda juda ko‘p joylarda kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, yirik shaharlarda oliy o‘quv yurtlari mavjud. Bunday ta’lim maskanlarida o‘qiydigan o‘quvchi va talabalarga talabalar turar joylari (yotoqxona) etishmasligi mumkin. Shu sabablimi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik o‘quvchi-talabalar shaxsiy turar joylarda turishadi. Shaharlarda vaqtincha turar-joysiz bo‘lgan, ishga kelganlar, yosh oilalar, turli sinovlar va yig‘ilishlarga kelganlar, turistlar bo‘lib, ular ham turar-joydan foydalanadilar. Umuman joylarni ijaraga berish turlari ko‘p bo‘lib, savdo-sotiq qilish uchun, omborxona sifatida yoki biror mahsulotlarni ishlab-chiqarish, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ijaraga (dorixona uchun, sartaroshxona uchun, non tayyorlash uchun va shu kabilar) olgan bo‘lishi mumkin. Foydalanmay turgan mulkni ijaraga berish mumkin va ijara haqqi sifatida daromad oladi. Bozor munosabatlari sharoitida aksiyadorlar jamiyatidagi faoliyat yurituvchi sub’ektlar ko‘paydi. Bular xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida mavjud. Tijorat banklari, yirik ishlab chiqarish jamiyatlari qimmatbaho qog‘ozlar chiqarib, ularni sotadi. Faoliyatidan olgan daromadlarining bir qismini, yil yakunlari asosida dividend, foiz sifatida qimmatbaho qog‘oz egalariga (sotib olganlarga) taqsimlaydi. Qimmatbaho qog‘ozlarga dividend yoki foiz to‘lanishi «Birja», «Mening mulkim» gazetalarida e’lon qilinadi.
Demak, mablag‘ni moliyaviy baquvvat, faoliyati yaxshi borayotgan aksioner jamiyatlarining qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olishga sarflash lozim. Bu qimmatbaho qog‘ozlarga boshqa harajatlar bo’lmaydi, faqat Sizga daromad keltiradi. Aslida bozor iqtisodiyotining mohiyati shu – Sizning mablag‘ingiz (kapitalingiz) tinch-bekor turmasdan, undan foydalanib, daromad olish lozimdir.
Tadbirkorlik faoliyatidan daromad olish va uni ko‘paytirish yo‘llari ko‘p. Eng avvalo bo‘sh pul mablag‘laringiz bo‘lsa, maslaxatlashib, imkoniyati mavjud bo‘lgan biror tadbirkorlik faoliyatini boshlang. Mablag‘ingiz kam, lekin tadbirkorlikning biror turini yuritish uchun imkoniyat bo‘lsa, boshqa mablag‘i borlar bilan sherikchilik qiling, tijorat banklaridan kreditlar oling. Hozirgi paytda to‘lanadigan foiz stavkasi juda past bo‘lgan imtiyozli kredit turlari ko‘p.
Daromadlarni ko‘paytirishda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Mashinalar televizorlar va boshqa maishiy texnikaning oila xizmatlariga ko‘proq kirib kelishi, ularga xizmat ko‘rsatishni ham tashkillashtirishni (ayniqsa qishloq joylarda) talab qilmoqda
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga mablag‘ sarflab, daromad olish ayniqsa xizmat ko‘rsatish sohasida, o‘zining qulayliklariga ega.
Birinchidan, xizmat ko‘rsatishning biror sohasida (mashinalarni ta’mirlash, televizorlarni ta’mirlash, sartaroshxona, poyafzallarni ta’mirlash kabi xizmatlar) faoliyat yuritish uchun katta mablag‘ning zaruriyati yo‘q;
Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatishning juda ko‘p sohalarida Haridor aniq bo‘ladi, demak talab va taklifni o‘rganish uchun marketing faoliyatining zaruriyati yo‘q;
Uchinchidan, xizmat ko‘rsatishda uni bajarish uchun ya’ni mahsulotni (xizmatni) tayyorlab, Haridorga sotish uchun ko‘p vaqt talab qilinmaydi.
Shuning uchun ham xizmat turlarini ko‘paytirish, ayniqsa, qishloq joylarida xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyatini kengaytirish zarur. Bu borada Respublika Prezidenti I.Karimov “2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “Xizmatlar sohasining rivojlanishi , ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifati bo‘yicha biz iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan hamon jiddiy orqada qolmoqdamiz” eng muhimi shuni unutmaslik kerakki, katta kapital qo‘yilmalar talab qilmaydigan bu soha, iqtisodiyotning yuksalishiga, aholi bandligi va daromadlarining ortishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi deb ta’kidlagan. Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddat ichida xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirishning 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan dasturini tuzish belgilangan. Demak, bundan keyin ham xizmat ko‘rsatish va servis sohasi yanada rivjlanadi, bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar ko‘payadi. Hozirgi paytda binolarni, turli xil texnikalarni (motor, stanok, mashinalarni) maishiy buyumlarni (kir yuvgich, muzlatgich, chang yutgich) mebellarni ta’mirlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchilar juda kam.
Daromadalarni ko‘paytirishning yo‘llaridan yana biri – tijorat banklariga omonatga bo‘sh pul mablag‘larini qo‘yishdir. Tijorat banklarining moliyaviy holati yildan – yilga yaxshilanib bormoqda. O‘zbekistonda 30 dan ko‘proq tijorat banklari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shulardan 23 tasi xalqaro reyting agentliklari tomonidan “barqaror” reyting darajasini olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotganligi” ta’kidlanib, 2011 yilda depozitlarga 18 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ jalb qilingani va aholi depozitlari o‘tgan yilga nisbatan 38,8 foizga oshganligi aytilgan.
Tijorat banklarining viloyatlar va tumanlarda bo‘limlari, filiallari va juda ko‘p mini banklari mavjuddir. Ular aholidan 3 xil shakldagi: “Talab qilib olguncha”, “muddatli” va “jamg‘armali” omonatlarni depozitlarga qabul qiladilar.
“Talab qilib olgancha” depoziti – omonatchi-mijoz bu qo‘yilgan mablag‘larni xohlagan paytda olishi yoki ishlatishi mumkin. Shuning uchun ham omonatchiga tijorat banki juda kam (past) foiz daromad to‘laydi.
“Muddatli” va “Jamg‘armali” depozitlarga omonatlar ma’lum muddatlarga ko‘yiladi. Bu muddat ichida omonatchi bu mablag‘ga teginmaydi, tijorat banki esa undan bemalol foydalanadi. Shuning uchun ham ushbu shakldagi depozitlarga yuqori foizda daromad to‘laydilar. Tijorat banklari “Muddatli” va “Jamg‘armali” depozitlarni aholiga turli nomlar bilan qo‘yishni taklif etadilar.
Misol uchun. Ipoteka banki aholi uchun quyidagi daromadli omonatlarga mablag‘larini qo‘yishga taklif etadi.9
  1. “Talab qilib olguncha” omonati. Omonat yillik 1 % daromad beradi.


  2. “Nafis” omonati. Omonatga mablag‘lar cheklanmagan miqdorda 15 kun, 1 oy, 45 kun va 2 oy muddatga qabul qilinadi. Omonat yillik 20 % daromad beradi.


  3. “Qaldirg‘och” omonati. Omonatga mablag‘lar cheklanmagan miqdorda 3 va 6 oy muddatga qabul qilinadi. Omonat yillik 22 % daromad beradi.


  4. “Oila” omonati. Omonatga cheklanmagan miqdorda 15 kun, 1 va 2 oy muddatga qabul qilinadi. Omonat yillik 22 % daromad beradi.


Ko‘rib turibsizki, Sizda vaqtinchalik ortiqcha mablag‘ bo‘lsa bankga qo‘ysangiz, hech qanday harajatsiz qo‘shimcha daromadga ega bo‘lib turibsiz. Bundan tashqari tijorat banklariga omonat qo‘yganlarga imtiyozlar berilgan bo‘lib, olgan daromadingizdan soliq ham to‘lamaysiz. Agarda Siz 2 000 000 so‘m pulingizni 1 yilga yuqoridagi yuqori foizli omonatga qo‘ysangiz, qo‘shimcha 400 000 so‘mdan ko‘proq daromad olib turibsiz. Tijorat banklariga katta summadagi pullarini yuqori foizli omonatga qo‘yib, har oydagi foiz summasini olib ro‘zg‘orini tebratayotgan oilalar ham bor. Demak tijorat banklari, ularning joylardagi bo‘limlari, filiallari, minibanklari ko‘p bo‘lib, o‘zingizga ma’qul bo‘lganiga yuqori foizli omonatga bo‘sh mablag‘ingizni qo‘ying. Qo‘shimcha daromad sohibi bo‘lasiz.


Bulardan tashqari Davlat tomonidan beriladigan turli yordamlar ham aholi daromadidir. Hozirgi paytda erkaklar 60 yoshga ayollar 55 yoshga yetsa pensiyaga chiqadilar. Pensiya miqdori o‘rtacha ish haqqi va ish stajiga bog‘liq. Oliy o‘quv yurti talabalari stipendiya oladilar. Stipendiya miqdori talabaning fanlardan o‘zlashtirishiga va jamoadagi faolligiga bog‘liq.
Mamlakatimizda aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish tamoyiliga asoslanib, nogironlarga, bolasi 2 yoshgacha bo‘lgan onalarga, iqtisodiy nochor (kam ta’minlangan) oilalarga nafaqalar belgilangan. Bu nafaqalar asosan «Mahalla»da tashkil qilingan komissiya qarori asosida beriladi. Daromadlarning yana bir turi to‘g‘risida yozish kerakdir. Bu oiladagi keraksiz bo‘lgan eski buyumlarni sotish «yovvoyi» tarzda amalda bor. Shaharning katta ko’chalari yonida, bozorda eski buyumlarni aholi «maxsus savdogarlar» sotishadi. Albatta ko‘pgina oilalar daromadlari ko‘payganligi sababli yangi mebel, televizor, kir yuvish mashinalar, ustki kiyim-boshlar olishadi. Eskisini nima qilish kerak? Hali ulardan foydalansa bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday eski narsalarni sotish bilan shug‘ullanuvchi qonuniy vositachilar zarur. Buni qanchalik tashkiliy jihatdan tezlashtirib, tashkil etilsa, barcha tomonga: sotuvchi, Haridor, davlat va vositachilarga ham foydali bo‘lar edi.
Aholi daromadlari 2012- yilda 17,3 %ga eng kam ish haqqi esa 26,5 %ga o‘sdi. Umuman olganda 2000 – yil bilan taqqoslaganda real daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar ko‘paydi. O‘rtacha ish haqqi iste’mol savatchasi bahosidan 4 barobardan ziyod oshdi. 2014- yilda bydjet tashkilotlarining ish haqqi , pensiyalar , nafaqalar va stipendiyalar miqdori o‘rtacha 23,2 % ga oshdi. Mamlakatimiz aholisi daromadlari oshib borishi bilan uning tarkibi o‘zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sib borayotganligi ijobiy hisoblanadi. 2014 – yilda tadbirkorlikdan olingan daromad aholi umumiy daromadining 51 %ni tashkil etdi va uning hissasi yildan yilga oshib bormoqda. Bu mamlakatimizda tadbirkorlikka, xususan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlariga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar natijasidir.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin