Menejment va statistika


V). O‘rtacha miqdorlarda ifodalanuvchi ko‘rsatkichlar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə133/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Menejment va statistika-fayllar.org

V). O‘rtacha miqdorlarda ifodalanuvchi ko‘rsatkichlar:
  1. Sug‘urtalangan mulkning o‘rtacha qiymati – sug‘urtalangan mulklar qiymatlarining yig‘indisini sug‘urtalangan ob’ektlar soniga (NM) bo‘lib topiladi:


  2. Sug‘urta badallarining o‘rtacha summasi - bu ko‘rsatkich sug‘urtalanuvchilardan olingan sug‘urta badallari summasi yig‘indisini , sug‘urtalangan ob’ektlar (tuzilgan shartnomalar) soniga (N) bo‘lib topiladi:


  3. Sug‘urta bo‘yicha qoplamalarning (to‘langan summalarning) o‘rtacha summasi - bu ko‘rsatkich sug‘urtalanuvchiga sug‘urta holatlari bo‘yicha to‘langan summalarning umumiy summasini , sug‘urta holatlari ro‘y berganlar soniga bo‘lib topiladi:


Sug‘urta xizmatlarini mamlakatimizda yanada rivojlantirish imkoniyatlari mavjud, lekin sug‘urta xizmatlarining rivojlanishi uchun quyidagi muammolarni ijobiy hal qilish lozim:


  1. sug‘urta turlarini aholi va faoliyat yurituvchi sub’ektlar to‘liq bilmasligi;


  2. malakali, hozirgi zamon talablariga javob beradigan faol sug‘urta agentlari, brokerlarning yetarli emasligi;


  3. sug‘urta turlarining vaqtida va barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarda yetarli darajada reklama qilinmayotganligi;


  4. sug‘urtaning sug‘urtalanuvchi uchun foyda ekanligini ifodalovchi maqolalarning vaqtli matbuotda juda kam chop etilishi;


  5. hozirgi bozor talablariga mos holda sug‘urta xizmatlarining ko‘rsatilmayotganligi va shu kabilar.


Bu muammolar va kamchiliklar amalda yechimini topsa, sug‘urta xizmatlari yanada rivojlanishi mumkin.



5. TURIZM VA SERVIS SOHASIDA FAOLIYAT YURITUVCHI SUB’EKTLARNING STATISTIK KO‘RSATKICHLARI

5.1. Turizm xizmatini ko‘rsatuvchi sub’ektlar statistik ko‘rsatkichlari
2010 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2011 yilga mo‘ljallangan muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro‘y berayotgan jarayonlar tahlil qilinib, kelgusida yechimini kutayotgan dolzarb masalalar va iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlari belgilab berildi.
Mamlakatimizda iqtisodiyot barqaror sur’atlar bilan o‘smoqda. Yalpi ichki mahsulot 2008 yilda 9,0 foiz, 2009 yilda 8,1 foiz 2010 yilda 8,5 foizga o‘sdi.
So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohasi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari, tabiiy sharoiti hamda Sharqning buyuk mutafakkirlari turizmni yanada rivojlantirish imkoniyatlari katta ekanligini bildiradi.
Ma’lumki, Prezident I.A. Karimov 2006 yil 17 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Ushbu qaror asosida Vazirlar Mahkamasi “Xizmat va servis sohasini rivojlantirish” Dasturini ishlab chiqdi. Dasturda 2009 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49,0 % ga yetkazish ko‘rsatilgan.
Turizm sohasida quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi.
Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish kishi-kunlarda ifodalanib


Qabul qilinganlar, shu jumladan chet elliklar va O‘zbekiston fuqarolari;

Jo‘natilganlar, shu jumladan MDH mamlakatlariga
Uzoq xorijiy mamlakatlarga

Sayyohlarni joylashtirish vositalari quyidagicha guruhlanadi:


- maxsus joylashtirish vositalari;
- dam olish tashkilotlari;
- dam olish pansionatlari;
- dam olish uylari;
- dam olish bazalari;
- sayyohlar bazalari;
- boshqa dam olish tashkilotlari.
Loyihalarni joylashtirishning Ushbu vositalari soni (nechta ekanligi) va ulardagi o‘rinlar soni, sayyohlarga xizmat ko‘rsatganlik kishi-kunlarda kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin