Menejment va statistika


Statistik kuzatishning rejasi, uning dastur - uslubiy va tashkiliy masalalari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə10/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

3. Statistik kuzatishning rejasi, uning dastur - uslubiy va tashkiliy masalalari.
Statistik kuzatish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda barcha tayyorgarlik ishlari, ikkinchi bosqichda tegishli ma’lumotlar to‘planadi va nixoyat uchinchi bosqichda to‘planga ma’lumotlarning to‘g‘riligi tekshirib ko‘riladi.
Statistik kuzatishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun kuzatishning maxsus rejasi ishlab chiqiladi. Statistik kuzatishning rejasi dastur - uslubiy va tashkiliy masalalarni o‘z ichiga oladi.
Dastur - uslubiy masalalarga kuzatish maqsadini aniqlash, kuzatish ob’ekti va birligini aniqlash, kuzatish dasturini ishlab chikarish singarilar kiradi.
Statistik kuzatishning maqsadi statistik kuzatish oldida turgan vazifalar asosida shakllanadi.
Statistik kuzatishning to‘g‘ri tashkil qilinishida kuzatish ob’ekti va birligining ilmiy asosda aniqlanishi muxim rol o‘ynaydi. Ular kuzatishning maqsadi va vazifalari asosida aniqlanadi.
Statistik tadqiqot ishlarining muvaffaqiyati ma’lum miqdorda kuzatish dasturiga bog‘liqdir.
Statistik kuzatishning dasturi deb, kuzatish jarayonida javob olinishi lozim bo‘lgan savollar majmuiga aytiladi.
Kuzatish dasturining mazmuni statistik tadqiqotlar ob’ekti va vazifalari bilan belgilanadi. Undan tashqari qayd qilinishi lozim bo‘lgan belgilar ruyxati bilan tasvirlanadi. Kuzatish dasturiga kiritiladigan belgilar muxim bo‘lishi lozim.
Statistik kuzatish dasturining savollari va unga javoblar statistik kuzatishning asosiy instrumenti - statistik formulyar (ro‘yxatga olish varaqasi, anketa, shakl, va xokazo shu singari) larda aks etiriladi.
Amaliyotda formulyarlarning ro‘yxatli va yakka holdagi (individual) turlari qo‘llaniladi.
Ro‘yxatli formulyarlarga bir qancha kuzatish birliklarining natijasi yoziladi, yakka holdagi formulyarlarga esa, har qaysi kuzatish birligi alohida to‘ldiriladi.
Statistik formulyarlarga yiriqnoma yozilib, unda formulyarlarning to‘ldirilish tartibi atroflicha bayon qilib beriladi.
Statistik kuzatishning rejasida bir qator tashkiliy masalalar ham o‘rin oladi. Ular jumlasiga kuzatish organi, joyi, usullari kiradi. Statistik kuzatishning tashkiliy rejasiga ruyxatga oluvchi kadrlarni tayyorlash, ularga yo‘l - yo‘riqlar berish, to‘g‘ri bajarilishi ustidan nazorat qilish masalalari ham kiradi.Undan tashqari kuzatishning vaqti, mablag‘lar manbai singari masalalar ham rejalashtiriladi.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin