Menejment va statistika


Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va nazorat. Nazorat turlari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə11/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

4. Statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va nazorat. Nazorat turlari.
Statistik kuzatish tashkiliy amaliyotda to‘plangan ma’lumotlar to‘g‘ri va aniqligini nazorat qilish muhim o‘rin egallaydi. Kuzatishning hozirgi davrda tashkil qilinishi olinadigan ma’lumotlarning ishonchliligi va ilmiy asoslanganligini to‘liq ta’minlaydi. Lekin, turli sabablarga ko‘ra kuzatish formulyarlarida noaniqliklar va xatolarga yo‘l qo‘yish mumkin. SHu, sababli to‘plangan ma’lumotlar qayta ishlanishidan ilgari atroflicha tekshiriladi.
Kuzatish xatolari turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi va u qayd qilish xatolariga hamda reprezentativlik (vakillik) xatolariga bo‘linadi.
Qayd qilish xatolari yalpi kuzatishda ham, qisman kuzatishda ham yuzaga kelishi mumkin. Bu xato haqiqiy ma’lumotlar bilan statistik kuzatish jarayonida qayd qilingan ma’lumotlar o‘rtasidagi farqdan iboratdir.
Reprezentativlik (vakillik) xatosi faqatgina qisman kuzatishga xos xato bo‘lib, tanlab olingan to‘plam bilan bosh to‘plam umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq asosida yuzaga keladi.
Xato tasodifiy hamda muntazam xatoga bo‘linadi. Tasodiy xato tasodifiy sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Bu qayd qiluvchining yoki javob beruvchining tasodifiy adashuvi natijasida yoki hisoblash jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan arifmetik xato asosida yuzaga keladi.
Bunday xatolar ko‘rsatkichlarning ko‘payishiga yoki kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Katta miqdordagi kuzatishlarda natijaga ta’sir qilmasligi mumkin.
Muntazam xato faqat bir tomonga, ya’ni kursatkichni ko‘paytirish yoki uni kamaytirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatolar o‘lchov asboblarining noto‘g‘riligi hisobiga yoki yaxlitlashdagi xatolar hasobiga yuzaga keladi.
Xato ataylab ham qilinishi mumkin, bu noto‘g‘ri ma’lumot bergan shaxslar aybi bilan sodir bo‘lishi mumkin.
Ataylab qilingan xatoga davlat hisobotlarida uchrashi mumkin bo‘lgan qo‘shib yozishlarni misol qilish mumkin.
Statistik kuzatishning xatolarini aniqlash va uni bartaraf qilishda tashqi nazorat, mantiqiy nazorat turlaridan foydalaniladi.
Tashqi nazoratda formulyar blankalardagi savollarga to‘liq javob berilganligi aniqlaniladi.
Mantiqiy nazoratda kuzatish dasturining alohida savollariga berilgan javoblarni mantiqan to‘g‘riligi tekshirib ko‘riladi.
Arifmetik nazorat statistik kuzatish formulyarlarida keltirilgan bir - biriga bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tekshirishga qaratilgan.

Statistik kuzatish ma’lumotlarini nazorat qilishda, nafaqat yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlash, balki ularning yuzaga kelish sabablarini ham aniqlash muhimdir.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin