Menejment va statistika



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə13/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

Xujjatli kuzatish - ma’lumotlar manbai sifatida turli xujjatlardan foydalanishga asoslangan kuzatishdir.

So‘roq orqali kuzatish - so‘roq qilinayotgan shaxslarning javoblari asosida olinadigan ma’lumotlar orqali amalga oshiriladigan kuzatishdir.

Statistik kuzatishning dasturi - kuzatish jarayonida javob olinishi lozim bo‘lgan savollar majmuidir.

Reprezentativlik (vakillik) xatosi - tanlab olingan to‘plam bilan bosh to‘plam umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqdir.
Mavzu bo‘yicha o‘z - o‘zini nazorat qilish va muhokama qilish uchun savollar
  1. Statistik kuzatish deb nimaga aytiladi?


  2. Statistik kuzatishning qanday shakllari mavjud?


  3. Statistik kuzatishning necha turini bilasiz?


  4. Statistik kuzatishning rejasi deganda nimani tushunasiz?


  5. Statistik kuzatishning dasturi deganda nimani tushunasiz, u o‘zida nimalarni qamrab oladi?


  6. Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari nimalardan iborat?


  7. Statistik kuzatishning natijasida qanday xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin?


  8. Nazoratning qanday turlarini bilasiz?




Mavzu. “STATISTIK MA’LUMOTLARNI JAMLASH VA GURUHLASH”
REJA

1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash

2. Statistik guruhlashning mohiyati, vazifalari va turlari

3. Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va ularga qo‘yiladigan talablar
1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash
Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan hodisalarning har biri to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar to‘planadi. Lekin bu ma’lumotlar biror belgi bo‘yicha tartibga keltirilmaganligi sababli hodisalar to‘g‘risida umumiy xulosalar qilishga imkon bermaydi. SHuning uchun navbatdagi vazifa-ma’lumotlarni jamlash, bir tizimga keltirish va qayta ishlashdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish materiallarini jamlash va guruhlash deb yuritiladi.
Statistikada jamlash tor va keng ma’noda tushiniladi. Tor ma’noda jamlash deganda kuzatishdan olingan ma’lumotlarni biror belgisiga qarab guruhlamasdan, to‘plamning umumiy yig‘indisini (yakunini) hisoblanish tushuniladi. Masalan, Respublika bo‘yicha terilgan paxtaning umumiy miqdori, o‘rilgan g‘alla maydoni, institut bo‘yicha o‘qiydigan barcha talabalar soni va hokazo.
Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir. Masalan, terilgan paxtani qo‘lda va mashinada terilgan guruhlarga ajratish, talabalarni kurslarga, mutaxassisliklarga, kunduzgi va sirtqi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish.
Ma’lumotlarni jamlash-tashkil etilishiga qarab markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo‘linadi. Markazlashgan jamlashda kuzatishdan olingan barcha ma’lumotlar bir joyda to‘planadi, hamda qo‘yilgan maqsad va vazifaga qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi.
Markazlashmagan jamlashda boshlang‘ich kuzatish ma’lumotlari dastlab joylarda (tuman, viloyat) statistika organlarida qayta ishlanadi, keyinchalik markazga - Davlat statistika organlariga yuboriladi. Har ikkala usulning ham salbiy va ijobiy tamonlari mavjud. Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda qayta ishlanganda, hozirgi yuqori unumli texnikadan samarali foydalanish, hamda yagona uslubiy yandoshishga imkon yaratadi, lekin mahalliy, xududiy ko‘rsatkichlarni hisoblash cheklanadi, kuzatish ma’lumotlarini taqqoslash, tekshirish uchun qiyinchilik tug‘uladi.
Markazlashtirilmagan jamlashda kuzatish xatolarini to‘g‘rilash engillashadi, xududiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi, lekin kuzatish materiallari tarqoq holda bo‘ladi. Amaliyotda kuzatishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, har ikkala usuldagi jamlash qo‘llanadi.
Kuzatish ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlash qo‘lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Qo‘lda uncha katta bo‘lmagan kuzatish to‘plam ma’lumotlari yig‘iladi va qayta ishlanadi. Jamlash qo‘lda bajarilganda ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi.
Ma’lumotlarni yig‘ish va jamlash mashinada bajarilganda qisqa vaqt va kam mehnat sarflanadi. Hozirgi sharoitda Respublikamizda barcha statistika organlari mikroEXMlar bilan ta’minlangan va statistik ishlar zamonaviy kompyuterlar yordamida olib boriladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin