Menejment va statistika


Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va ularga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə15/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

3. Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va ularga qo‘yiladigan talablar
Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash statistik jadvallarda amalga oshiriladi. Statistik jadvallar gorizantal qatorlar va vertikal ustunlardan iborat shakldir. Qatorlar va ustunlar kesishgan katakchalarga statistik ma’lumotlar joylashtiriladi. Eng avvalo statistik jadvalning maketi tuziladi. Unda jadval qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi, nechta qator va ustunlar bo‘lishi belgilab olinadi. Ma’lumotlar tahlil qilishga ung‘ay bo‘lishi lozim.
Demak, ommaviy hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rinarli, tushunarli va ixcham tarzda tegishli qator va ustun katakchalarga tartib bilan yozish statistik jadval deyiladi.
Har bir statistik jadval ega va kesimdan tashkil topadi. Jadval egasi bo‘lib, o‘rganilayotgan ko‘rsatkich hisoblanadi va gap nima ustida borayotganligini anglatadi. Jadval kesimi esa jadvalning egasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Ko‘pincha jadval egasi qatorlarda, kesimi esa - ustunlarda ko‘rsatiladi. (ayrim hollarda teskarisi bo‘lishi ham mumkin.)
Statistik jadvallar egasining tuzilishiga qarab: oddiy, guruhli va kombinatsion (aralash) jadvallarga bo‘linadi.
Statistik kuzatish ob’ekti, xududi yoki boshqa hodisalar ega bo‘lib tuzulgan jadvallar oddiy statistik jadvallar deyiladi. Bunday jadvallarda qo‘shimcha ishlar kam bo‘lib, jadvalga ma’lumotlar kuzatish materiallaridan olinadi.
Ko‘pincha ommaviy hodisa va jarayonlar ko‘p omillar ta’sirida vujudga kelganligi sababli, ko‘rsatkichning tub mohiyatini bir necha belgilari bo‘yicha guruhlash natijasida o‘rganiladi. Bunday ega ham kesim ko‘rsatkichlari ham bir necha belgilari bo‘yicha guruhlangan jadvallar kombinatsion (aralash) jadvallar hisoblanadi. Mana shunday jadvallarga guruhlangan statistik ma’lumotlardan foydalanib hodisa va voqealarning tub mohiyatini ochish mumkin.
Statistik jadvallar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
- har bir jadvalning qisqacha nomi bo‘lib, ob’ektning mazmunini to‘liq va aniq ifodalashi kerak;
- jadval iloji boricha kichik va ixcham bo‘lishi lozim. Agarda o‘rganilayotgan to‘plam nihoyatda ko‘p bo‘lib, murakkab guruhlanadigan bo‘lsa, bitta jadval o‘rniga bir nechta kichik jadvallar tuzilgani ma’qul;
- javdal qator va ustunlarining nomlari, o‘lchov birliklari, hamda qaysi joy va vaqtga (davrga) taaluqli ekanligi aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim:
- jadvalda umumtartibda qisqartirilgan so‘zlar, o‘lchov birliklaridan foydalanish lozim (mln, kv. km, m3 va shu kabilar):
- jadval qator va ustunlari numerlanishi, agarda ular yana guruhchalarga ajratilishi lozim bo‘lsa, qatorlar a4, b4, v4 va hokazo tarzida, kesim esa raqamlar bilan belgilansa maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- jadval katakchalari to‘lg‘azilgan bo‘lishi lozim. Agarda to‘lg‘azilmaydigan bo‘lsa, quyidagi shartli belgilar ishlatiladi:
“. . .” hodisa mavjud, lekin ma’lumot yo‘qligini bildiradi;
“ — ” hodisa umuman yo‘qligini bildiradi.
“ O, O ” - nol hodisa bor, lekin qabul qilingan aniqlikdan kichik (ahamiyatsiz) ekanligini bildiradi;
“ X ” - iks to‘ldirilishi lozim bo‘lmagan katakni bildiradi.
Jadval guruhlari, qator va ustunlari bo‘yicha yakunlar chiqarilgan bo‘lib, yakuniy ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin