Menejment va statistika



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə123/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

Bu erda: TZK – tovar zahiralarining necha kunlik ekanligi, kunlarda;

TZ – tovar zahiralarining haqqiqiy qoldig‘i, so‘mlarda;

D – Ushbu davrdagi kunlar soni;

TA – reja bo‘yicha sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi.
Bundan tashqari, tovar zahiralariga sarflangan summaning (mablag‘ning) necha kunda aylanishi yoki necha marta aylanishi muhim ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatkich voqea, hodisalar sodir bo‘lgandan keyin, ya’ni tovar zahiralari sotilib bo‘lgandan keyin aniqlanadi. SHuning uchun ham tovar zahiralarining necha kunligi bilan tovar zahiralari aylanishi kunlarining farqi katta.
Tovar zahiralarining aylanishi (TZA) tovar zahiralarining o‘rtacha summasini o‘rtacha bir kunlik tovar aylanmasi summasiga bo‘lib topiladi.


Bu erda: – tovar zahiralarining o‘rtacha summasi.
Bu ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun ma’lumotlar buxgalteriya va statistik hisobotlardan olinadi. YUridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, savdo va ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar quyidagi statistik hisobotlarni to‘ldirib, belgilangan muddatlarda o‘z joyidagi tuman yoki shahar statistika bo‘limiga topshiradilar:
- 1-savdo (1-torg) «Ulgurji va chakana tovar aylanmasi to‘g‘risida» shakli (oylik)
- 3-savdo (3-torg) «Tovarlar sotish va qoldiqlar to‘g‘risida» (choraklik) bu hisobotlar shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2008 yil 10 noyabrdagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan. «Ulgurji va chakana tovar aylanmasi to‘g‘risida»gi 1-savdo shakli 3 bo‘limdan iborat. 1-bo‘limi «Ulgurji va chakana tovar aylanmasi» deyiladi. Unda alohida qatorlarda: savdo tarmog‘ining chakana tovar aylanmasi, ovqatlanish korxonalarining chakana tovar aylanmasi, jami chakana tovar aylanmasi hamda ulgurji savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari ming so‘mlarda, hisobot davri tovar aylanmasi (hisobot tuzilgan oy), yil boshidan tovar aylanmasi ustunlarida ko‘rsatiladi. O‘sha joyda, alohida ma’lum tarzida yil boshidan chakana tovar aylanmasi turlari bo‘yicha (cheklar, plastik kartochka bo‘yicha, kreditga, boshqa naqd pulsiz usullar bilan) ko‘rsatiladi. 2-bo‘lim «Sotilgan va qoldiq tovarlar» deb atalib, unda asosiy oziq-ovqat (20 nomdagi) va nooziq-ovqat (18 nomdagi), hamda tibbiyot mahsulotlarining hisobot oyida chakana savdoda sotilgan, ovqatlanish korxonalariga harajat qilingan (ishlatilgan) mahsulotlar, oy oxiriga chakana tarmoqlarda va omborlarda tovarlar qoldig‘i ko‘rsatiladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin