Menejment va statistika



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə41/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

Yi = U (xi)

bu erda: Yi - natijaviy belgi;

Xi - omil belgisi;

U (xi) - bu belgilarning ma’lum funksional bog‘lanishidir.
Funksional bog‘lanishlarni to‘liq, aniq, “qattiq” bog‘lanishlar deyiladi. Funksional bog‘lanishlar matematika, fizika va boshqa tabiiy fanlar tomonidan o‘rganiladi.
Funksional bog‘lanishlar turli - tuman bo‘lib, ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatda amaliy jihatdan uchramaydi. Odatda omil belgining aniq qiymatiga natijaviy belgining bir qancha turli qiymatlari to‘g‘ri keladi. Bunday bog‘lanish statistikada korrelyatsion (correlatio - lat - narsalarning o‘zaro nisbatini anglatadi) bog‘lanish deb aytiladi. Ularning xarakterli xususiyati shundaki, natijaga ta’sir qiluvchi barcha omillarning to‘liq ro`yxatini aniqlash qiyin, faqatgina formula yordamida korrelyatsion bog‘lanishlarning faqat taxminiy ifodalarini yozish mumkin, holos. Korrelyatsion bog‘lanishni quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:

Yi = U(xi) + Ei
bu erda: U (xi) + hisobga olingan ma’lum omil belgilar ta’siri ostida shakllangan natija belgining bir qismidir. Ei - ikkinchi darajali va tasodifiy omillar ta’sirida yuz beradigan natija belgisini bir qismidir.
Omil belgining ko‘payishi (yoki kamayishi) natijaviy belgining xam ko‘payishi (yoki kamayishiga) olib kelsa, bu bog‘lanish to‘g‘ri bog‘lanish, aksincha natijaviy belgining o‘zgarish yo‘nalishi omil belgining yo‘nalishiga qarama qarshi bo‘lsa, bunday bog‘lanish teskari bog‘lanish deyiladi.
O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda turli usullar qo‘llaniladi. Bu usullardan eng asosiylari balans usuli, oddiy yondosh (parallel) qatorlar tuzish usuli singarilardir.
Balans usuli ishlab chiqarish bilan iste’mol, iste’mol bilan jamg‘arma, aholi pul daromadlari bilan harajatlari va shu kabilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi.
Xodimlarning o‘zaro bog‘liqlik darajasi analitik guruhlash orqali ham aniqlanadi. Bu usul yordamida omil va natija belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Analitik guruhlash odatda omil belgi asosida amalga oshirilib har bir guruh uchun natijaviy belgilarni tasvirlovchi o‘rtacha va nisbiy miqdorlar hisoblanadi. Keyin esa, har ikkala belgi o‘rtasidagi bog‘lanishni kuzatish maqsadida natijaviy belgilarni o‘zgarishini omil o‘zgarishi bilan solishtiriladi va tegishli xulosalar qilinadi.
Muayyan davr ichida belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishni oddiy parallel qatorlar tuzish yo‘li bilan ham o‘rganiladi. SHu maqsadda eng avvalo taqqoslanayotgan belgilar o‘rtasida bog‘lanish bor-yo‘qligi nazariy jihatdan asoslab chiqiladi. Keyin esa har ikkala qator yonma-yon joylashtirilib, bir-biri bilan taqqoslanadi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin