3.1. Asosiy vositalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
3.2. Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar statistikasi
3.3. Korxonalarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi statistikasi
3.4. Korxonalarning asosiy vositalardan foydalanish samaradorligining statistikasi.
Aylanma mablag‘lar ko‘rsatkichlari statistikasi.
4.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma mablag‘lar statistikasi.
ahamiyati
4.2. Korxona aylanma mablag‘lari holatining statistikasi.
4.3. Korxonaning aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligining
statistikasi
4.4. Aylanma mablag‘larning foydalanish samaradorligining statistikasi.
1. Milliy boylik mohiyati va turlari
Milliy boylik kishilar mehnati tufayli to‘plangan moddiy, moliyaviy va ma’naviy boyliklar va tabiatdan yaratilgan tabiiy boyliklar yig‘indisidir. Milliy boyliklar yaratilish manbai jihatdan 2 katta guruhga bo‘linadi:
Tabiiy boyliklar.
Inson mehnati tufayli shu davrgacha yaratilgan barcha moddiy, moliyaviy va ma’naviy boyliklar.
Tabiiy boyliklarga qazilma boyliklar zahiralari, gidroenergetika resurslari, hayvonot va o‘simlik dunyosi, o‘rmonlar va shu kabilar kiradi. Shunday qilib, milliy boylik, tabiiy boyliklar, hamda jami inson mehnati bilan yig‘ilgan moddiy boyliklar va moliyaviy boyliklarning yig‘indisidan iborat ekan. Milliy boyliklar turli belgilariga qarab guruhlanadi:
Yaratilish manbaiga qarab tabiiy boyliklar, jamg‘arilgan boyliklar.
Tarmoqlar bo‘yicha: sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlaridagi boyliklar.
Shunday qilib milliy boylikni: MB=AF+AM+ASHM. aholining shaxsiy mulki yoki: MB=TB+IMTYMB+MR dan iborat.
IMTIMB-inson mehnati tufayli yig‘ilgan moddiy boyliklar. MR-moliyaviy resurslar.
Qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab Milliy boylik (MB) 2 guruhga.
Ishlab chiqarish sohasidagi MB: = sanoat.Qishloq xo’jaligi, transport, qurilish va shu kabilar.
Noishlab chiqarish sohasidagi M.B. = sog‘liqni saqlash, ma’orif va madaniyat, mudofaa, fizkultura va sport kabilarga guruhlanadi.
Tabiiy resurslar: tiklanadigan: o‘rmon, yer, suv, elektroenergiya tiklanmaydigan: temir, ko‘mir, oltin foydali qazilmalari.
Milliy boyliklar yaratilish manbaiga qarab quyidagicha guruhlanadi:
Tabiiy boyliklar
|
|
Insoniyat tomonidan yaratilgan, jamg‘arilgan boyliklar
|
Tabiiy qazilma boyliklar
|
|
Asosiy vositalar
|
Yer va o‘rmonlar
|
|
Aylanma mablag‘lar
|
Suv resurslari
|
|
Madaniy-ma’naviy boyliklar
|
Xayvonlar
|
|
Aholining shahsiy mulki
|
Va shu kabilar
|
|
Davlat va fuqoralarning xorijdagi mulki
|
Regionlar bo‘yicha: barcha viloyat, Qorag‘alpog‘iston Respublikasi, tumanlar boyliklari, uy xo’jaligi boyliklari;
Mulk shakli bo‘yicha: davlat mulki boyliklari, aksionerlik jamiyati boyliklari, xususiy mulk va shu kabilar.
Dostları ilə paylaş: |