Menejment va statistika


Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə88/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

2.Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiyotni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar (yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad va shu kabilar) ifodalaydi.
Bu ko‘rsatkichlar ichida asosiylaridan biri yalpi ichki mahsulot (bundan) keyin YaIM) ko‘rsatkichidir. YaIM – mamlakat ichida ma’lum davrda (ko‘pincha bir yil) pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilagan xizmatlarning qiymatlarining yig‘indisidir. YaIM – ko‘rsatkichining iqtisodiy mohiyati shundaki: birinchidan barcha tarmoq korxonalari (tashkilotlari, firmalari va shu kabilar) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Demak, bu sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va shu kabi tarmoqlarda ishlab chiqarilgan moddiy mahsulotlar. Ularga shu jumladan aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaligi va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatlari ham kiradi.
Ko‘rsatiladigan xizmatlarga: transport, aloqa, savdo, moliyaviy va shu kabi xizmat turlari kiradi.
Ikkinchidan, YaIM – barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati emas, balki faqat pirovard (oxirgi) iste’mol uchun sarflanadigan mahsulot va xizmatlar qiymati bilan hisoblanadi. Oraliq iste’molda bo‘ladigan xom ashyo, materiallar, elektroenergiya, urug‘, yem –xashak va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatlari, qaysikim boshqa bir mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymatlar YaIMga qo‘shilmaydi. Demak YaIM da qaytadan – ya’ni takroriy sarflar hisoblanmaydi, ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga moddiy va boshqa sarflar faqat bir marta hisobga olinadi.
YaIM tarkibi quyidagicha:

O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarkibi, %

jadval





Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin