Menejmentda axborot va kommunikatsiya



Yüklə 7,3 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü7,3 Kb.
#166557
1   2
Menejmentda axborot va kommunikatsiya-genderi.org

Oddiy tizim. Axborot paydo bo‘lgan joydan iste’mol joyiga keltiriladi. Bunday axborot telefon orqali yoki signallar vositasida kelib tushishi mumkin. Bu turdagi axborot tizimi quyi boshqaruv bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ish joyidan ustaga berilgan axborot bunga misol bo‘la oladi. Bunday axborotga deyarli ishlov berilmaydi.
Murakkab tizim. Bu tizim ishlab chiqarish va boshqaruv tarkibining murakkabligi bilan bog‘liq. Bu yerda dastlabki axborot yuzaga keladi. Ishlov berishda hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.
Axborotlar tizimi — bu murakkab tizim bo‘lib, o‘z ichiga turli hujjatlami, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar va avtomatik boshqaruv tizimlarini oladi. Butun axborotlar tizimi aniq va doimiy ishlashi lozim.
Kommunikatsiya — bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlaming samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo‘lga quyilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Axborot va maqsadlarga erishish to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Bu degani, tashkilot muvaffaqiyati uchun samarali kommunikatsiya zarur.
Odamlar axborot almashinuvi jarayonida quyidagi simvollar bilan almashinishadi: so‘zlar, jestlar, intonatsiya. Jo‘natuvchi xabarni verbal hamda noverbal simvollar yordamida kodlashtiradi.
Semantika so‘zlar orqali uzatiladigan ma’nolarni qo‘llash usulini o‘rganadi. Ayrim so‘zlarturli odamlar uchun turlicha ma’noga ega bo‘lishi mumkin va turlicha anglanishi mumkin. Semantik qiyinchiliklar odamlaming simvollar mohiyatini tushunish usullar ziddiyatlari bilan ham berilgan bo‘lishi mumkin.
Simvollardan tashqari axborotlar bilan almashuv chog‘ida noverbal, ya’ni og‘zaki yoki so‘zda emas, balki imo-ishoralar, masalan, chehra, savlat, vajohat, tovushning o‘zgarib turishi kabilar ham bajaruvchiga aytiladigan so‘z mohiyatini tubdan o‘zgartirilgan holda yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ruhshunoslarning fikricha, so‘z bilan aytiladigan axborotning 90 % gacha qismi so‘z orqali emas, balki no verbal yo‘l bilan qabul qilinar ekan.
E’tiboringiz uchun rahmat!
http://genderi.org
Yüklə 7,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin