Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil qilish” nomi bilan keng mashhur boʻlgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asrning boshlariga toʻgʻri keladi.
Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850-1915) turgan, u oʻzining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan.
Uning taʼlimi menejment zamonaviy konsepsiyasining asosiy nazariy maktabi boʻlgan.
Frederik Teylor F.Teylor oʻz nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan.
Kelishuv tizimi (1895)
Sex menejmenti (1903)
Sex menejmenti (1903)
F.Teylor oʻz asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qoʻshish, “kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan.
U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini taʼminlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta shoʻbaiqish uygʻotgan.
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muxandislar turi boʻyicha sanoat mehnati sohasiga aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil oʻtkazishdan iborat boʻlgan. Ishlab chiqarish tizimida yoʻlga qoʻyilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim oʻzining vazifalari uchun javobgar boʻlishi kerak. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak.
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini oʻsishi va xoʻjayinlar va maʼmuriyat bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi toʻliq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar oʻrtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb oʻylagan.
Shunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir.
maʼmuriyat hal qilishi kerak boʻlgan vazifalarni belgilash
subyetivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish
boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish
mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish
faoliyatni qatʼian tartibga solish