Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati Bajardi: Absattarov Ravshanbek



Yüklə 11,16 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü11,16 Kb.
#181780
1   2   3
MN-122 Absattarov Ravshanbek

3-Reja


Menejmentni mavjud boʻlishi davrida koʻpgina xorijiy mamlakatlar, oʻzlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish bilan, sanoat, qishloq xoʻjaligi, savdo va boshqa sohalarda boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti sohasidagi koʻpgina maʼlumotlarni toʻplaganlar.
Bu toʻplangan tajribani oʻrganish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. Shuning bilan birga menejment modellarini shakllanishining jahon tajribasi (va hammadan avval Yaponiya tajribasi) shundan darak beradiki, boshqaruv modellarini bitta ijtimoiy madaniy muhitdan boshqasiga koʻshirishning amalda iloji yoʻq.
Menejmentning xususiy modelini yaryatishda mulkchilikning turi, davlat qurilishining shakli va vujudga kelgan bozor munosabatlarining pishib yetilishi kabi omillarning taʼsirini hisobga olish zarur.
Menejmentning amerikacha modelini oʻrganish maʼlum davrlarni o’z ichiga oladi. Amerikacha menejment AQSHga gʻarbiy mamlakatlar orasida yetakchi oʻrinni egallashga imkon bergan.
    • Amerikacha menejment hammadan avval boshlanishida F.Teylor turgan ilmiy boshqaruv maktabi taʼlimlariga asoslanadi.
    • Amerikacha mejentment yana oʻziga asoschisi Anri Fayol boʻlgan klassik maktab asoslarini ham sindirib olgan. U boshqaruvning amerikacha nazariya- sidagi barcha yoʻnalishlari shakllanishiga ham katta taʼsir koʻrsatgan.
    • 20-30 yillarda xoʻjalik yuritishning ekstensiv usullaridan intensiv usullariga oʻtish boshqaruvning yangi shakllarini qidirib topishni taqozo qilgan.

Korporatsiyalarda sodir boʻlayotgan tashkiliy oʻzgarishlarga ishchilarning qarshiliklarini pasaytirish uchun “mehnat hayoti sifati”ni oshirish dasturlari ishlab chiqiladi, uning yordamida korporatsiya xodim- lari uni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, ishlab chiqarishni ratsionallashtirish masalalarini muhokama qilish, turli tuman tashqi va ichqi muammolarni hal qilishga jalb qilinadilar.
Menejer “universal dohiy” boʻlishi mumkin emas. Rahbar xodimlarni tanlab olishning amerika amaliyoti asosiy eʼtiborni mutaxassisning bilimiga emas, balki yaxshi tashkilotchilik qobiliyatiga qaratadi.
Menejmentning yapon modeli ham katta taassurot uygʻotadi. Yaponiya jahon bozorida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri u tomonidan qoʻllanayotgan menejmentning insoniy omilga qaratilgan modelidir. Yaponiyada milliy xarakterning oʻziga xos alomatlariga mos keluvchi mehnat va hulq usullari vujudga kelgan.
Yaponlar insoniy resurslarni mamlakatning asosiy boyligi deb hisoblaydilar. Xoʻjalik yuritishning yapon tizimi tarixan vujudga kelgan guruhli jipslashganlik va yaponlarni yuqori sifatli mahsulotlarni yaratishga tugʻma intilishi anʼanalariga suyanadi.
Yapon menejmentining mohiyati odamlarni boshqarishdan iboratdir. Bunda yaponlar amerikaliklarga oʻxshab bitta odam (shaxs)ga emas, balki odamlar guruhiga qaraydilar. Bundan tashqari, Yaponiyada tutgan oʻrni guruh tomonidan maʼqullanadigan yoshi boʻyicha kattaroq kishiga boʻysunish anʼanasi vujudga kelgan.
Yüklə 11,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin