Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

pragmatik 
baholash, 
ya’ni retsipient, dalil keltiruvchi yoki uchinchi shaxslarning manfaatini 
aniqlash ham mumkin. 
Evolyusion baholashga 
retsipientning fikr yuritishlari natijasida erishiladiki, 
ularni argumentatsiya uning o‘zida yoki boshqa shaxslarda keltirib chiqaradi. 


57 
Ahloqiy baholash – 
bu argumentatsiyani yaxlit yoki uning komponentini 
ahloqiy jihatdan maqbul yoki maqbul emas sifatida baholash, xususan ushbu 
argumentatsiyaning ma’naviy oqibatlarini baholash. 
Estetik baholash – 
nutqning go‘zalligini va matnning mantiqiy izchilligini 
baholash ham mavjud. 
Argumentatsiyani barcha keltirilgan nuqtai nazarlardan baholash mumkin emas. 
Tadqiqotchilik faoliyatining bosqichi sifatida argumentatsiyaning tuzilishi 
to‘g‘risida gapirar ekanmiz, ob’ekt va sub’ektdan tashqari unda dalilli tuzilish – 
muayyan sxema va uni amalga oshirish vositalari bilan tavsiflanadigan bog‘lovchi 
bo‘g‘in mavjudligini yodda tutish zarur. 
Argumentatsiya matni uchun ikkita mantiqiy konglomeratning: asosiy fikr 
(tezis) va asoslarning mavjudligi xosdir. Tezis mantiqan dalil bo‘la oladigan 
hukmlardan kelib chiqadi. Retsipient tomonidan dalil bo‘la oladigan hukmlarning 
qabul qilinishi tezisni faqat birorta ehtimollik bilan qabul qilinishiga umid bildirishga 
sabab bo‘ladi. 
Tezis ham, asoslar ham yolg‘on bo‘lib chiqishi mumkin, demak, halol va 
nohalol, ta’sirli va ta’sirsiz argumentatsiyani farqlash zarur. 
Tezis va dalil bo‘la oladigan hukmlardan tashqari argumentatsiya matnida 
tavsiflar, tushuntirishlar, masala tarixiga kirish, chekinishlar bo‘lishi mumkin. Shu 
sababli, argumentatsiyaning jamlanma mantiqiy-lingvistik tuzilishini belgilash 
uchun, dalil keltiruvchi tomonidan yozilgan va retsipient uchun mo‘ljallangan ko‘p 
gaplarni ifodalovchi «dalilli tuzilish» atamasi qo‘llanadi. 
Aniq va to‘liq argumentatsiya samarali qarorlar qabul qilish uchun hali etarli 
emas, lekin buning uchun ko‘proq imkoniyatlar beradi. 
Eng umumiy ma’noda argumentatsiyaning muvaffaqiyati, retsipient ushbu 
qoidalarni qabul qiladimi, u ham vaziyatni sizdek ko‘radimi, undan o‘xshash 
xulosalarni chiqaradimi yoki yo‘qmi degan savollar bilan aniqlanadi. Biroq, 
ko‘pincha mazkur qoidalarni qisman qabul qilmaslik muammosi vujudga keladi. 


58 
Argumentatsiyaning samaradorligi to‘g‘risida gapirar ekanmiz, tezisni qabul 
qilishning dalil keltiruvchi istagiga mos darajasini haqiqatda erishilgan uni qabul 
qilish darajasiga mutanosibligini hisobga olish zarur. Argumentatsiya muvaffaqiyati 
quyidagilarga bog‘liq: birinchidan, retsipientning uni qabul qilishga moyilligiga; 
ikkinchidan, X.Perelman ko‘rsatganidek, “har qanday argumentatsiya auditoriyaga 
yo‘llangan, auditoriya tomonidan qabul qilinayotgan qarashlarga asoslanishi kerak”; 
uchinchidan, argumentatsiyaning muvaffaqiyati uning ichki qabul qilinishi bilan 
belgilanadi.
Sanab o‘tilgan omillar – samarali argumentatsiyaga erishish uchun zaruriy 
shart-sharoitlar. 
Mantiq (grekcha logike so‘zidan olingan) – tafakkur to‘g‘risidagi fan, fikr 
yuritish qonunlari, shakllari va vositalari to‘g‘risidagi ta’limot. Mantiqiy 
tadqiqotlarning asosiy maqsadi – fikr yuritish to‘g‘riligini tahlil qilish, qonunlar va 
prinsiplarni ta’riflash bo‘lib, ularga amal qilish – xulosalash jarayonida haqiqiy 
xulosalarni olishning zaruriy shartidir. Boshqaruv tizimlarini tadqiq etishda 
o‘rganilayotgan tizimlar, ular komponentlarining mantiqiy tuzilishi o‘rganiladi, 
ushbu komponentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqalar o‘rnatiladi. 
Turli tushunchalarni aynan bir xil deb qarash – tadqiq qilishda eng ko‘p 
tarqalgan mantiqiy xatolardan biri. Fikrlashning zid bo‘lmaslik talabi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin