Mening idealimdagi jamiyat (ommaviy madaniyat va ijtimoiy tarmoqlar ortidan ergashish) ____________________________________
201-guruh talabasi Nurmanbetova Shaxnoza
REJA:
MADANIYAT TUSHINCHASI
OMMAVIY MADANIYAT
3Ijtimoiy tarmoqlarning hayotimizdagi o’rni
Madaniyat" so'zi lotin so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tuproqni o'stirish yoki yetishtirishni anglatadi. O'rta asrlarda bu so'z donli ekinlarni yetishtirishning progressiv usulini anglatgan, shuning uchun qishloq xo'jaligi yoki qishloq xo'jaligi san'ati atamasi. Ammo XVIII va XIX asrlarda. ular buni odamlarga nisbatan ishlatishni boshladilar, shuning uchun agar odam odob-axloqi bilan ajralib turadigan va yaxshi o'qilgan bo'lsa, u "madaniy" deb hisoblangan Keyin bu atama asosan aristokratlarga nisbatan ularni "madaniyatsiz" oddiy odamlardan ajratish uchun qo'llanilgan. Nemis tilida Kultur so'zi yuqori tsivilizatsiya degan ma'noni anglatadi. Bugungi hayotimizga nisbatan shuni aytishimiz mumkinki, moddiy va ma'naviy qadriyatlarning umumiyligi, shuningdek ularni yaratish usullari, ulardan insoniyat taraqqiyoti uchun foydalanish, avloddan avlodga o'tib, madaniyatni shakllantirish. Madaniyat rivojlanishining boshlang'ich shakli va asosiy manbai inson mehnati, uni amalga oshirish usullari va natijalari. Madaniyat bu insoniyat erishgan barcha ma'naviy yutuqlarning yig'indisidir, ular tarix davomida o'ziga xos sub'ektiv va tarixiy o'ziga xos tarzda paydo bo‘lgan. Ma'naviy madaniyat "material" shaklida saqlanadi. Bularning barchasi zamonaviy avlod bilan yashaydi va birga ishlaydi va faqat tirik ongga nisbatan madaniyatdir. Inson oldida - bu dunyo tarixi tomonidan yaratilgan madaniy qadriyatlarning, shuningdek, o'zining doimiy iqtidoridan, ta'limidan va tarbiyasidan doimiy ravishda foydalanadigan va foydalanadigan tabiatning son-sanoqsiz qadriyatlari okeanidir. Madaniyatni o'zlashtirish o'rganish orqali amalga oshiriladi. Madaniyat yaratilmoqda, madaniyat o'qitilmoqda. U biologik jihatdan o'rganilmaganligi sababli, har bir avlod uni qayta ishlab, keyingi avlodlarga o'tkazadi. Bu jarayon sotsializatsiya asosidir. Qadriyatlar, e'tiqodlar, me'yorlar, qoidalar va ideallarni o'zlashtirish natijasida bolaning shaxsiyati shakllanib, uning xatti-harakati tartibga solinadi. Ommaviy madaniyat» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni G‘arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kultura» (ya'ni «ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma'nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir. Afsuski, yer yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi globalizm sharoitida, G‘arbdagi «markazlar» bundan foydalanib, boshqa davlatlar va xalqlar o‘rtasida G‘arb hayoti «jozibalari»ni, jumladan, «ommaviy madaniyat» ta'sirini «erkinlik shabadalari» tarzida imkon qadar keng yoyishga yeng shimarib harakat qilmoqdalar. Hozirga kelib esa bu tamoyillar yanada g‘ovlab, tomir otyapti. Masalan, «pop-muzika»ga xos o‘sha ritmik «bit» (zarb), qo‘shiq niqobidagi alahsirash, valdirashga yaqin didsiz «repp»lar ta'siri dunyo miqyosida tarqalib, milliy mumtoz va xalq musiqa san'atidan odamzotni uzoqlashtirmoqda. G‘arb davlatlarining ayrimlarida «ommaviy madaniyat» tarqatayotgan «pornografiya» (sharmsizlik, hayosizlik) hamda sadizm (zo‘ravonlik) targ‘iboti yo‘lidagi g‘ovlar, qarangki, sud qarorlari asosida, birin-ketin olib tashlanayapti. Hatto AQSh maktablarida «Yangi rok» musiqalari o‘quv dasturlariga kiritilgan... Mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to'g'risidagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo'lishda esa internet tizimi, mobil` telefonlar va kompyu`ter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, o'zaro ma'lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o'z fikrini bayon etish yoki o'zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir. Olib borilgan axborot-tahliliy natijalar va statistik ma'lumotlarga ko'ra, Facebook hozirgi vaqtda dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq sifatida etakchi o'rinda bormoqda. Bugungi kunga kelib, Facebook tarmog'ida ro'yxatdan o'tganlar soni bir necha milliard kishidan ortganligi ma'lum qilingan. Undan keyingi o'rinlarni esa Twitter, Instagram, LinkedIn, Google+, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo egallab kelmoqda. Aksariyat yoshlar o'zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, ijtimoiy tarmoqlardan kun bo'yi foydalanishadi. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo'lishadi va o'z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya'ni ma'naviyatli kishilarning fikri, deb bo'lmaydi, albatta. Ayniqsa, bugungi kunda etarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmagan kimsalar ham to'g'ri yo noto'g'riligini o'ylab o'tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har qanday ma'lumot yuzasidan yoxud ba'zi masalalarga bilim va salohiyati etadimi, yo'qmi, bundan qat'i nazar, o'z fikrini bildirishadi. Ayniqsa, tarmoqlarda shunday guruhlar ham paydo bo'lganki, foydalanuvchilar bir-birini maqtab ko'kka ko'tarishlari, shuningdek, kimlarningdir nomini loyga chaplashlari oddiy holga aylanib bormoqda. G'iybat ular uchun oddiy holga aylangan. Ba'zi kimsalar esa ijtimoiy tarmoqdan o'zlariga yoqmagan odamlarning obro'sini to'kish, erga urish, buning uchun bor imkoniyatidan foydalanishga harakat qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarni nazoratga olish imkoniyati yo'qligi bois, unda har qanday ishni qilish mumkin, deb o'ylashadi. erkin fikr aytish imkoniyatidan shunday yo'llar bilan foydalanish mumkin deganlar, saviyalari qay darajada ekanliklarini katta auditoriyaga shunday yo'llar bilan oshkor qilishadi. To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va mayllarga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari qat'iy bajarilishi kerak. Ya'ni «reklama»chilar va jurnalistlar davlatimiz, jamiyatimiz xavfsizligiga (jumladan, xalqni, yoshlarni ma'naviy aynitishga olib keladigan holatlarga) yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Afsuski, bunday holatlar yuz berayapti. ____________________________________
XULOSA Xulosa o’rnida aytmoqchimizki, hozirgi kunda jamiyatimiz hayoti fan texnologiyalar rivoji bilan tobora uyg‘unlashib borayotgan bir davrda yashamoqdamiz. Shunday ekan, har birimiz ijtimoy tarmoqlardan foydalanish madaniyatiga amal qilishimiz, o„z navbatida, uni atrofdagilarga ham o„rgatish foydadan xoli bo’lmaydi. Binobarin, yoshlarning ruhiy-ma‟naviy olamini zararli unsurlardan, turli xil buzg’unchi, yod va zararli g’oyalardan himoya qilish orqali taraqqiyot poydevori yaratiladi. Zero, ma‟naviy barkamol, intellektual salohiyati yuqori avlod tarbiyasi nafaqat O’zbekistonda, balki butun jahonda eng muhim vazifalardan biri sifatida namoyon bo’lmoqda. Aynan ma’naviy barkamol avlod mamlakat ertasini belgilab beradi. Ma’naviy barkamollik esa jamiyat taraqqiyotining muhim omili.