Tarbiyachi: Bolajonlar haydovchilar uchun yo`l harakatini kim tartibga solib turadi?
Bolalar javobi: Yo`l harakati nazoratchisi, svetafor tartibga solib turadi.
Tarbiyachi: Haydovchilik kasbi juda ham mas’uliyatli kasbdir. Chunki haydovchilar insonlar hayoti uchun javobgar hisoblanadi. Nima uchunligini tushunib oldinglarmi?
Bolalar javobi: Ha
Tarbiyachi:Barakalla bolajonlar sizlar yaxshi tushunib olibsizlar. To`g`ri haydovchilar yo`lovchilarni, piyodalarni hayotini muhofazasini har doim o`ylab, diqqat e’tiborli bo`lishlari lozim.
Bolajonlar hozir biz sizlar bilan “Diqqat” o`yini o`ynaymiz.
Bolalar doira shaklida turib oladilar. Boshlovchi bola tanlab olinib bolalarga to`pni birin-ketin otadi va shunday deyish kerak. “Havo transporti” kim to`pni qo`lga olsa, o`sha bola havo transporti turlarini aytishi lozim yoki bo`lmasa yerda yuruvchi transport to`p qo`liga tekkan bola yerdagi transportni sanab o`tishi kerak. Kimki transportni nomini ayta olmasa u o`yindan chiqadi. O`yin oxirida faol bola aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Faoliyatyakunida tarbiyachi bolalarga haydovchilik kasbi haqida she’r o`qib beradi.
Maqsad: Bolalarda yo`lda yurish madaniyatini, ko`nikmalarini hosil qilish ularda yo`llarda yo`lkalarning o`ng tomonidan yurish, yo`lni belgilangan joylaridan kesib o`tish qoidasiga rioya qilish va svetafor hamda yo`l harakatini tartibga soluvchilarning boshqarib turishi haqida ma’lumot berish.
Kerakli jixozlar:Turli syujetli rasimlar.
Markazlar: “Bolalar kutubxonasi” markazi, “Avtomobil turargohi”
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar safga tizilib Faoliyato`tkaziladigan yo`lga yoki avtomaydonchaga kelishadi.