Bolalar: Kun tartibiga rioya qilgan kishining kayfiyati chog` va sog`lom bo`ladi.
Tarbiyachi: Siz kun tartibiga rioya qilasizmi? Siz kunni nimadan boshlaysiz?
(bolalarning javoblari).
Tarbiyachi: Bolalar, diqqat bilan eshting. Biz kunni ertalabki badantarbiyadan boshlaymiz. Ertalabki badantarbiya orqali siz muskullaringizni mustaxkamlaysiz, organizimingizni chiniqtirasiz.
Ijodiy ish:
Bolalar mashg`ulotga tayyorgarlik davrida uylaridan qo`g`irchoq olib kelishlari vazifa qilib berilgan edi. Har bir bolaning qo`lida qo`g`irchoq.
Tarbiyachi: Bolalar qo`g`irchoklarga qarang, qo`g`irchoqning gavda qismlari qanday berilgan savoli orqali bilimlarini mustaxkamlash. (tarbiyachi katta qo`g`irchoqni ko`rsatadi).
Bolalarga qo`g`irchoqni boshi va yuzlarini ko`rib chiqish vazifasi beriladi. Ularni nimalardan tashkil topganligini (sochlar, quloqlar, ko`zlar, qoshlar, burun, og`iz) bolalardan so`raladi. Bolalar ko`zdan kechirib berilgan savollarga javob beradilar.
Tarbiyachi gavda to`g`risida topishmoqlar aytadi. Bolalar javob bermasdan o`z qo`g`richoqlarida topishmoqning javobini ko`rsatadilar, bir tarbiyalanuvchi esa, tayoqcha yordamida mos keladigan suratni jadvaldan ko`rsatadilar.
Topishmoq
1. Dumaloq cho`lga mayda tol ekdim. (Sochlar)
2. Bir otada besh o`g`il. (Qo`l va barmoqlar)
3. Jar yoqalab tosh qo`ydim, jiyronchani bo`sh qo`ydim. (tish, til)
So`ng bolalarga maqollar aytiladi, ular nimani anglatishini bolalardan so`rash.
Tarbiyachi:
1. “Sog`lom tanda – sog` aql” Tushuntirib berish va savollar orqali bolalar bilimini mustaxkamlash. Bu nimani anglatadi? Siz buni qanday tushunasiz?
2. “Sog`liqni sotib olomaysan”
Bolalar biz salomatlik, ozodagarchilik, odam tanasi haqida qanday ertak va she’rlarni bilasiz?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Salomat bo`lishimiz uchun nima qilishimiz kerak? Tana va kiyimlarni toza tutilishi-salomatlik garovi. Tanamizni toza bo`lishi uchun nimalar kerak? (sochiq, sovun, qaychi, tish yuvish vositasi)
Bolalardan qanday qilib tishni tozalashni, sovun bilan qo`llarni yuvishni, sochni tarab yurishni, dastro`mol bilan artishni ko`rsatib berishni bolalardan so`rash, bolalarni javoblarini to`ldirish.
So`ngra bolalarga toza bo`lib yurmasalar, gigiena qoidalariga rioya qilmasalar bolalarda turli xil yuqumli kasalliklar bo`lishi mumkunligi haqida aytib, gapirib, sariq, sil kasalliklari to`g`risida so`zlab berish.
Bolalarga bosh surati tasvirlangan suratni ko`rsatadi va bolalarga savollar bilan murojaat qiladi.
Tarbiyachi: Bolalar bu nimaga o`xshaydi. (yuzga)
Bu yuz ekanligini qayerdan bildingiz?
Unda nimalar tasvirlangan (sochlar)
Siz ularni nima uchun kerakligini bilasizmi?
(Ko`rish, hid bilish, eshtish uchun)
Bolalar bosh va ko`z qismlarini ko`rsatib bering.
Nimalarni ko`ryabsiz? Ko`zimiz bilan (ko`z rasmi chiziladi)
Nima bilan eshtamiz? (quloq rasmi eshtiladi)
Nima yordamida gapiramiz, ovqatlanamiz? (og`iz va lablar)
Nima bilan hidlarni hidlaymiz, sezamiz (burun)
Nima uchun ter ko`zlarimizga tushmaydi? (qoshlar bor)
Bolalar mana yuzimizni kiyintirib oldik. Biz sizlar bilan sexrgarlarmiz. Siz endi odam organizmi, salomatligi va gigienasi haqida bilib oldingiz.
Dostları ilə paylaş: |