Bola: O`rmondan kelgan mehmon salom senga archajon
Yil bo`yi kutdik seni biz yana quvnoq shodon
Bola: Axil bo`lib, shod bo`lib xur yoshlikdan o`rgilib
Ming ochilib, ming kulib yangi yilni kutamiz
Bola: Dilimizda orzu mo`l, yuzimizda kulgu mo`l
Ming ochilib, ming kulib yangi yilni kutamiz.
Bola: Qishin, yozin bir xil kiyimda (archa)
Tarbiyachi:Rahmat bolajonlar! Judayam chiroyli she’rlar bilar ekansizlar! Bolalar men sizlarga topishmoqlar aytaman kim topsa ularga sovg`alar beraman. Diqqat bilan tinglang!
Kim u sizlarga mehmonga kelgan shunday chiroyli go`zal
Tepasida yulduzcha yonar, shohlarida qorlar yaltirar
Pastdan yuqorigacha har xil o`yinchoqlar ancha
Bu nima bolajonlar? (Archa)
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar, bilan birgalikda har xil o`lchamdagi shakllardan qor odam yasaymiz. Buning uchun bizga (Oq qog`oz, qaychi, kley, qalam, rangli qog`ozlar) kerak bo`ladi. Qani bolajonlar oldimizdagi oq qog`ozlarga qalam yordamida har xil o`lchamdagi doira shakllarini chizib olamiz. Endi qaychini olib doiralarimizni qirqib olamiz. So`ng stol ustidagi rangli qog`ozlarimizni ko`k rangini olib unga katta kichik doiralarni ketma-ketlikda kley bilan yopishtirib olamiz. Barakalla qaranglar qor odam shakli hosil bo`ldi endi qog`ozlarimizni qor odamimizni havorangdan ko`zlarini, olovrangdan burnini, qizil rangdan og`zini, kulrangdan boshidagi qirqib olamiz. Qirqib olgan shallarimizni ketma-ketlikda yopishtiramiz. Bolajonlar har bir guruh o`zlari yasagan qor odamlarini qani yuqoriga ko`taringlarchi. Qarang qanday chiroyli qor odamchalar paydo bo`ldi. Endi bolajonlar hamma o`zining qor odamchalarini stol ustiga qo`yinglar. Raxmat bolajonlar endi sizlarni qarsaklar ostida bir-birimizni rag`batlantiramiz.
Qo`shimcha qism:Endi bolajonlar guruximizdagi san’at faollik markazimizga qilgan ishlarimizni olib borib tartib bilan joylashtiramiz.