Maqsad: To`kiladigan maxsulotlar haqida tushunchaga ega bo`ladi, to`kiladigan narsalarni hajmini biladi, to`kiladigan narsalarning hajmini o`lchay oladi, o`lchov asboblarini bilib oladi, o`lchash usullarini o`rganadi, tabiat narsa va predmetlarga o`z munosabatini bildiradi.
Fan va tabiat markazi: Faoliyatning borishi: 1. To`kiladigan maxsulotlar haqida tushunchaga ega bo`lish
2. To`kiladigan maxsulotlarni hajmini o`lchash
3. O`lchash usullari va asboblarni o`rganish
4. Rasmlar va tarqatmalar bilan ishlash
5. Rasmlar va tarqatmalarni ketma-ketlikda qo`yish
6. Bolalarni rag`batlantirish
Qo`shimcha qism:Og`irlikni o`lchaydigan va tarozi haqida malumotga ega bo`lish. Bolalarda faoliyat jarayonida sezgi, idrok, tafakkur faollashadi va kuzatish va xulosa qilishni o`rganish
E’tiborga molik jixat: Bolalarda tabiatga va atrof olamga qiziqishini oshirish hamda to`kiladigan jismlarni hajmini bilish, o`lchov asboblari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Tabiat va fan markazi:
Tarbiyachi: Mening bilimdonlarim rasimda nimaning rasmi tasvirlangan?
(Bolalar jo`r ovozda shahar deydilar) keying rasimni ko`rsa (Bolalar tarozi deydilar) qarang aziz bolajon, shahar qanchaligini qanday bilay qaqajon? (Hammalari birgalikda tarozida o`lchab deydilar) tarozida nelar bor, aytib bergin Saidjon? (Saidjon deydi – “Ikki pallasi bordur, sotuvchiga dastyordur” deydi) Tarbiyachi bolajonlarga “Tarozini toshi har bir ishni boshi” deb aytadi. (Bolalar bu momolar o`giti deydi bilog`on bolalar)