Faoliyatning borishi: Bolalarni mashg`ulotga tayyorlash. Faoliyattopishmoq bilan boshlash.
O`zi o`xshar tarvuzga
Bilim beradi bizga
Tarbiyachi: Qani bolalar bu topishmoqning javobi nima? Bolalar topishmoqni javobini aytadilar. (globus). Rahmat bolajonlar barakalla.
Tarbiyachi: Qani bolajonlar biz hamma transportlarni turlarini bilamiz-a? Kelinglar menga havo transportlarini kim sanab beradi?
1-bola: Ofarin, raketa, samolyot, vertalyot va boshqalar.
Tarbiyachi:Barakalla javobingiz juda ham to`g`ri.
Bolajonlar bugun sizlar bilan havo transportlari haqida suhbatlashamiz.
Men sizlarga turli xil rasimlar ko`rsataman sizlar rasmlarda nimalar tasvirlanganini aytasizlar?
Tarbiyachi: Quyosh, osmon, oy, yulduz, samolyot, vertalyot, raketa rasmlarni ko`rsatadi.
Bolalar: Hammasini juda ham to`g`ri topdinglar.
Tarbiyachi: Endi men sizlarga fazoviy jismlar haqida tushuncha beraman.
Quyosh osmon jismlariga kiradi. U yer yuzini isitib barcha daraxtlar ekinlarga insonlarga issiqlik nurini sochadi. Quyosh nuri bilan barcha meva va sabzavotlar shirin bo`lib pishadi. Oy tunda ko`rinib yo`limizni yoritadi. Yulduz bizdan juda ham uzoqdaligi uchun bizga juda ham mayda bo`lib ko`rinadi, lekin ular ham quyosh hisoblanadi. Quyosh, oy, yulduz osmon jismlari hisoblanib ular bir birlariga uzviy bog`liq.
Endi havo transportlari bilan tashuvchi, qutqaruvchi samolyotlar bo`ladi. Samalyot- juda katta polatdan va temirdan yasalgan bo`ladi. Vertalyot esa samalyotga o`xshash qanoti va varraklari bo`ladi. Raketa esa havoga tik uchuvchi transport bo`lib unda ko`proq fazogirlar uchadi.
Tushundilarmi bolalar.
Tarbiyachi: Qani bolalar hozir men sizlarga yana bir topishmoq aytaman.