Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 223,2 Kb.
səhifə108/118
tarix16.09.2022
ölçüsü223,2 Kb.
#63701
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   118
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Tarbiyachi: Bolajonlar baxor fasli va mehnati haqida ko`plab maqollar o`rganganmiz, keeling hozir shularni eslab olamiz.
Bolalar:
1. Vatani borning baxti bor
Mehnati borning taxti bor
2. Bir boshdan bir savat non
3. Daraxt ildizi bilan kuchli
Odam do`sti bilan
4. Daraxtdan meva olaman desang
Nixolligida parvarish qil
Tarbiyachi: Ofarin bolajonlar sizlarni chiroyli maqol va she’rlaringiz juda ham yoqdi. Sexrgar momoga ham juda yoqdi. Endi guruhimizga qaytish uchun sexrgar momodan yana yordam so`raymiz.
Sexrgar momo: Bolalar sizlarga yordam beraman. Avval meni shartimni bajaringlar.
Bolalar: Bajaramiz
Sexrgar momo: Men sizlarni hammangizni baxorgi gullardan beraman, siz menga baxordagi tabiat hodisalarini aytishingiz kerak bo`ladi.
Bolalar: Biz tayyormiz
Shamol,yomg`ir, do`l, chaqmoq,momaqaldiroq, sariq qor, quyoshbobo,
Sexrgar momo: Barakalla bolalar sizlar juda bilimdon ekansiz.
Tarbiyachi: sexrgar momo shartingizni bolalar bajardimi, endi guruhga qaytsak.
Sexrgar momo: Bolalar bizning o`lkamizda dalalar, bog`lar bilan birgalikda yana nimalar ko`p.
Bolalar: Tog`lar, adirlar, yaylovlar.
Sexrgar momo:Baxorda ular qanday o`zgaradi.
Bolalar: yerdagi qorlar erib, o`t-o`lanlar, lolalar yerdan chiqadilar va juda ham chiroyli bo`ladilar.
Sexrgar momo: Juda ham yaxshi, deb yana tog`lardan oqayotgan suvlar, gullarga burkangan qir adirlar aks ettirilgan video rolikni qo`yib beradi va bolalarni guruhga yetkazib qo`yadi.
Tarbiyachi: Bolalar mana sayoxatimiz juda ham maroqli o`tdi. Sayoxat ta’surotlarini o`rtoqlaringizga aytib berasiz. Endi charchoqlaringizni yozish uchun bir o`yin o`ynaymiz.
Boxor tomchilari.
Mazmuni: Bolalar 2 guruhga bo`linadilar, 1-guruh tomchilar, 2-guruh maysalar
Maysalar yerda o`tiradilar, tomchilar ko`zlarini yumib borib maysalarni ushlab oladi. Kim maysani ushlay olmasa o`yindan chetlatiladi. Ushlagan tomchilar o`yini davom etiradi. O`yin so`ngida yaxshi ishtirok etganlar rag`batlantiriladi.
San’at faoliyat markaziga o`tib bolalar ihtiyoriy bahoriy ko`rinish va tomchi aks etgan rasmlarni chizashadi va ko`rgazma tashkil qilinib faoliyat yakunlanadi.

Yüklə 223,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin