Kerakli jixozlar va materiallar : shakar, krupalar, tarqatmalar, rasmlar, shartli o`lchovlar.
Faoliyatning borishi : 1. To`kiladigan jismlar xaqida tushunchaga ega bo`lish.
2. To`kiladigan jismlarning hajmini o`lchash.
3. O`lchash usullari va asboblarini o`rganish.
4. Rasmlar va tarqatmalar bilan tanishtirish.
5. Rasmlar va tarqatmalarni ketma ketlikda qo`yish.
6. Bolalarni rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism : Og`irlikni o`lchaydigan va tarozi haqida ma’limotga ega bo`lish. Bolalarda faoliyat jarayonida sezgi, idrok, tafakkur faollashadi va kuzatish va xulosa qilishni o`rganish.
Tabiat va fan markazida tarbiyachi Mening bilimdonlarim rasmdagi nima narsa ? (Bolalar jo`r ovozda shaker deydilar) Keyingi rasmni ko`rsa (Bolalar tarozi deydilar) Qarang aziz bolajon, shakarni qanchaligin qanday bilay qaqajon ? (Hammalari birgalikda tarozida o`lchab deydilar) tarozida nelar bor aytib bergin Saidjon (Saidjon: deydi – “ikki pallasi bordur sotuvchiga dastyordur” deydi) tarbiyachi bolajonlarga “Tarozini boshi har bir ishining boshi” deb aytadi (Bolalar bu momolar o`giti deydi bilag`on bolalar)
67-Mavzu : “Yong`in xavfsizligi” mavzusida suhbat
Maqsad : Bolalarni yong`in xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va insonlarni xavf-xatarlardan muhofaza qilayotgan tashkilotlari haqida tushuncha berish. Kishilarning hayotlari, mol-mulklari xavf ostida qolishiga nimalar sabab bo`lishi haqidagi tushunchalarga ega bo`lish. O`t o`chirishda zamonaviy asbob-uskunalar, ularning bevosita vazifalari bilan tanishtirish. Hayot xavfsizligi haqidagi tushunchalarni takomillashtirish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, suv, qum va yomg`ir xavfsizligi bo`yicha tarqatma materiallar.
Markazlar : Fan va tabiat markazi.
Faoliyatning borishi :
Tarbiyachi : Aytinglarchi bolajonlar yong`in xavfsizligi deganda nimalarni tushunasiz.
Bolajonlar javobi :
Tarbiyachi : bolalar olov deganda nimani tushunasiz ?
Bolalar javobi: