68-Mavzu: o`yinchoqlar va ularning ishtirokchilari Maqsad: o`yinchoqlar haqida tarbiyalanuvchilarga tushuncha berish. Qadimgi va xozirgi o`yinchoqlarni ixtirochilari haqida bolalarni bilimini shakllantirish.
Bolalarda o`yinchoq va uning ixtirochilari hurmat va havas uyg`otish ularni qolgan merosni asrab avaylashga o`rgatish.
Maqsad:o`yinchoqlarning nomini, ularning rangi va kattaligini to`g`ri aytishga o`rgatish.
Vazifalar : Qarama-qarshi ma’noli so`zlardan malakasini shakllantirish. (Baland-past) otlar va sifatlar to`g`ri gramatik shakllarda qo`llashga o`rgatish “E” tovushini to`g`ri talaffuzini aniqlash va mustahkamlash. (alohida tovush birikmalarida, so`zlarda)
Mashg`ulotning borishi: Bugun sizlar bilan o`yinchoq va uning ixtirochilari haqida gapirib o`tamiz. O`yinchoqlar qadim zamonlarda Hamri buvi tomonidan yaratilgan o`yinchoqlar bo`lgan. Hozirgi ma’lumotlarga qaraganda yer yuzidagi eng ko`p tayyorlanadigan o`yinchoqlar xitoy zimmasiga to`g`ri keladi. Yanada aniqroq aytadigan bo`lsak million o`yinchoqlarni tayyorlash uchun qancha ishchi kuchi kerak ekanligini tasavvur eta olasizmi?
Balki cheksiz ishlab chiqarilish jarayonida qandaydir texnologiya yoli robotlar ishtirok etadi deb o`ylashingiz mumkin. Ammo bunday emas. O`yinchoqlarning barini odamlar qiladi. Ularning hammasi qo`l mehnatida bajariladi.
Tarbiyachi xonaga o`yinchoq solingan yuk mashinasini olib kiradi. (ayiqchalar, echki, qo`g`irchoqlar, archalar solingan).
Qaranglar mashinada qanday o`yinchoqlar olib kelibman ?
(bolalar javobi) To`g`ri, ayiqchalar, echkini va archalarni olib keldim. Siz bu o`yinchoqlarni o`ynashni yaxshi ko`rasizmi? Bular nima? To`g`ri ayiqchalar/ bitta ayiqcha qanday rangda (oq). Boshqa ayiqchaqanday raqngda? (qora) ayiqchalar qanday qichqiradi (eeeee) Said oq ayiqcha qanday qichqiradi ko`rsat-chi? (Tarbiyachi o`yinchoqni bolaning qo`liga beradi) qora ayiq qanday qichqiradi? Mana bular nima ? (archalar). Qaranglarchi hamma archa bir hilmi? Mana bu archa baland, bular-chi qanday? To`g`ri ular past. Keyin tarbiyachi ikki bolani chaqiradi va bittasiga stul ustiga bakand archalarni, ikkinchisiga esa past archalarni qo`yishini buyuradi. So`ngra tarbiyachi o`g`il va qiz qo`g`irchoqlarni oladi va “Qizning ismi E’tibor” deydi. Qizning ismi nima ekan ? (umumiy va yakka-yakka javoblar).
Qaranglar-chi, mashinada qanday o`yinchoq kelibdi? (echki). Echki qanday ma’raydi? (mee). Keyin tarbiyachi bolalarning uylarida qanday o`yinchoqlar borligini so`raydi. Kam faol bolalarni faollashtirish uchun ularga savolllar bilan murojaat qiladi. Doniyor sen qaysi o`yinchoqlar bilan o`ynashni yaxsho ko`rasan? Lola sening o`yinchog`ing qaysi? O`yinchoqlar nima uchun kerak? va H.K
Tarbiyachi bolalarga o`ynashni taklif qiladi/ sizlar hammangiz ayiqchalar bo`lasiz, men ona ayiq bolaman. Mana ayiqchaalr inlaridan chiqib sayr qilishga ketdilar. Ular o`rmonda yuradilar va (eee) deb qichqiradilar. (bolalar xona bo`ylab yuradilar va “e” tovushini talaffuz qiladilar). Tarbiyachi ayiqchalar sayr qilib bo`ldilar va inlariga ona-ayiq oldiga keldilar deydi. Bolalar o`z joylariga o`tiradilar. Kelinglar, bolalar ayiqcha, echki, E’tibor, Erkin bilan qanday voqealar yuz berganligi haqida hikoya tuzamiz. Tarbiyachi stol ustiga archa qo`yadi va hikoyani boshlandi. Kunlardan bir kun echki o`rmonda sayr qilib yurgan edi. Oldidan ayiqcha chiqib, echkiga “eee” deb qichqiradi. Echki qanday qichqirdi? Echki qo`rqib ketib “me me me” deb qichqirdi. Echki qanday qichqirdi? Shu vaqt Erkin, E’tibor degan bolalar o`rmonda yurishgan ekan. Ular echkini ovozini eshitib yugurib kelishdi va echkini ovutishdi. Hamma hursand bo`ldi. kim hikoyani qaytaradi? Erkin, E’tibor so`zlarida “e” tovushi bormi? Kelinglar Erkin, E’tibor so`zlarini qaytaramiz. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun
Savollar:
1. Oq ayiqcha haqida kim gapiradi ?
2. Qora ayiqcha haqida kim gapiradi ?
3. Past archani ko`rsating
4. Baland archani ko`rsating
5. Qo`g`irchoqlarning ismlari nima ekan?
6. Qo`g`irchoqlar haqida kim gapiradi?
Bola bilimini aniqlovchi savollar bola javoblarini taxlil qilish va rag`batlantirish