1-bola: Chaman-chaman paxtazor.
Sendan baxtin topdi.
Mehnat qilib paxtakor.
2- bola: Men O`zbekni old kuchi,
Faxriman, g`ururiman.
Yurtning noni, kiyimi,
Boyligiman nuriman.
Tarbiyachi: Barakalla, bolalar dalalarda paxta yetishtiradigan mehnatkashlarimiznipaxtakor deb ataymiz, Ular erta bahorda chigit ekib, yoz faslida g`o`zaga ishlov berib, yozning oxiridan kech kuzgacha mehnatlari mahsuli bo`lgan paxtani qo`lda va mashina yordamida terib olishadi. Bolajonlar paxtani bejiz “Oq oltin” deb atashmaydi, u koni foyda. Kundalik ehtiyojimiz uchun zarur paxta momig`idan ip, mato, matolardan kiyim-kechak, ko`rpa-to`shak tayyorlanadi. Chigitdanesa is’temol uchun paxta yog`i olinadi. Bularning barchasi ehtiyojlarimiz uchun ishlatiladi. Barchangiz tushundinglarmi?
Bolalar javobi: Ha
Muslima: Opa men ham she’r aytsam maylimi?
Tarbiyachi:Marhamat
1. Muslima: Dehqon bobom yarim yil
Qildi meni parvarish,
Olti oy ertayu kech
Sira tugamaydi ish.
2-Bola: Shuncha mehnat uchun
Unga eng zo`r mukofot
Yerning farzandi degan
Mo`tabar muqaddas zot
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar juda ko`p she’r yod olibsizlar rahmat. Yana kim biladi?
3- Bola: Oppoqina oshnang- men
Yumshoqqina oshnang – men
Egningdagi shu nimcha
Bari menman bilib ol
Paypoqlaring ham o`zim
Aytsam tugamas so`zim
Tarbiyachi: Judayam yaxshi, she’rlarni baingiz juda yaxshi aytib berdinglar, endi topishmoq aytaman topa olasizlarmikin.
Topishmoqlar: 1. Oq gulim oppoq gulim,
Ushlab ko`rsam yumshoq gulim.
Terib xirmon qilgan edim,
Bo`lib ketti “Oq tog`” gulim.
Bolajonlar javobi:Paxta
2. Tagida bor yulduzi,
Terib olsang bo`lar tog`.
O`rigidan chiqar yog`,
Darrov o`ylang bu haqda.
Bu nimadur …