Bolalar javobi: Paxta
Tarbiyachi: Juda yaxshi bolajonlar she’rlarni, topishmoqlarni bilar ekansiz, paxtadan olinadigan mahsulotlar haqida bilimga ega bo`ldingiz. Endi “Paxtamizni teramiz” nomli harakatli o`yin o`ynaymiz.
16-Mavzu: “Oq oltindan olinadigan xom ashyolar” Faoliyatmaqsadi: Oq oltindan olinadigan xom ashyolar haqida tushuncha berish, nutq boyligini va bilim darajasini oshirish. Oq oltindan nimalar olinishi va nimalarga ishlatilishini o`rgatish va o`yin orqali mustahkamlash.
Ko`rgazmali jixozlar:mavzu yuzasida surat va xom ashyolar.
Markazlar: Milliy burchak, bolalar kutubxonasi, o`yin markazi “Ferma”, “Tabiat va biz” faoliyat markazi.
Faoliyatning borishi: Bolajonlar qo`limdagi suratga qaranglar, bunda oq oltinimiz paxta rasmi tasvirlangan. Bolalar paxtani qanday qilib yetishtirilishini bilasizmi? Paxtani dehqon, fermerlarimiz yetishtiradi. Avval yerni yumshoq qilib traktorda haydatib, yerni ontaradi, so`ng agat oladi, olingan agatiga yana traktorda chigit ya’ni (paxta urug`i) ekadi va ustidan salafan tortib chiqadilar, so`ng unga suv quyib sug`orishadi. Bolalar paxtani ham barpo bo`lishi oson emas ekan, paxtamiz borgan sari unib o`sib chiqadi, katta bo`lgandan so`ng g`o`za bo`ladi. G`ozamizning tagini yumshatib suv quyishadi va gullay boshlaydi so`ng ko`sak tugadi, ko`sakochilib paxta chiqadi.
Tarbiyachi:Bolalar mana paxtamizni ochilishini ham bilib oldik endi esa paxtani qo`limiz bilan teramiz, hosilimizni yig`ib olamiz hammamiz birgalikda paxta terish mashg`ini bajaramiz.
Bolalar qo`llarini harakat qildirib paxta teradilar.
Tarbiyachi: Bolajonlar paxtani rangi qanday bo`ladi?
1-bola: Paxtani rangi oq bo`ladi
Tarbiyachi: Bolalar sizlarga topishmoqlar aytaman!
1. Qorday oppoq
Yungday yumshoq (paxta)
2. Yerda ko`karib chiqar,
Bargida oltin lola (paxta)
3. Momiqqina onasi
Yog`liqqina bolasi (paxta, chigiti)