Tarbiyachi: Shundaymi? Bolalar qaranglar, Po`lat, Salima va Ozoda yo`lkada qo`l ushlashib kelishyapti. Ular to`g`ri yurishyaptimi?
Tarbiyachi: Yo`q chunki ular yo`lakni butunlay egallab olib boshqalarning yurishiga yo`l qoldirishmadi. Bu esa noto`g`ri. Bolalar, qishloq yo`llari va yo`lkalari yo`q joylarda yo`lning chap tomonidan yurishga ruhsat etiladi. Bolalar mana bu mashina to`xtab turibdi. Uning faqat orqa tomonidan o`tishimiz kerak. Shunda xavfsiz bo`ladi.
Tarbiyachi:Rasimdagi mashinaning rasmini ko`rsatib so`raydi. Bolalar bu nima?
Bolalar javobi: To`g`ri, to`xtab turgan mashinaning oldidan o`tish kerakmi yoki orqasidanmi?
Bolalar javobi: Oldidan o`tish kerak.
Tarbiyachi: Mashinani oldidan zinxor o`tish kerak emas. Chunki, ikkinchi tomondan kelayotgan mashina ko`rinmaydi. Uning faqat orqa tomonidan o`tishga ruxsat etilgan.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Piyodalar qayerlarda yuradilar?
2. Yo`lakning qaysi tomonidan yurish kerak?
3. Yo`lning qayeridan kesib o`tishga ruxsat etiladi?
4. To`xtab turgan mashinaning qaysi tomonidan aylanib o`tishi kerak?
20-Mavzu: “Chorrahada svetafor, teatrga sayohat”.
Maqsad: Bolalarga yo`l harakati qoidalarini bilishga va unga rioya qilishga o`rgatish. Yo`l harakati belgilari, svetafor, piyodalar o`tish chizig`I yo`llari haqida bilish ko`nikmalarini mustahkamlash.
Kerakli jixozlar:O`yin va o`yinchoqlar, milliy markaz, tasviriy faoliyat burchagi.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: bolalar sizlarga topishmoqlar aytaman. Qani topingchi? Chorrahada uch chiroq, xizmat qilar hammaga. Bir-bir yonib, bir o`char, ish qolmas muammoga.
Bolalar javobi:svetafor
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar bugun sizlar bilan yo`l harakati qoidalari, chorrahadagi svetafor haqida suhbatlashamiz. (bolalarning mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash uchun tarbiyachi savol-javoblar o`tkazadi).
Tarbiyachi: 1. Ko`cha yo`l harakati qoidalarini bilasizmi? 2. Katta asphalt yo`llarda nimalar yuradi? 3. Yo`l harakati qoidalarini kim tartibga soladi? 4. Svetaforning nechta chirog`i bor?