Faoliyatni yakunlash: Bugun biz nimalar bilan shug`ullandik? Siz qanday yangi narsalarni bilib oldingiz? Sizlarga ko`proq nimalar yoqdi? Biz qanday mavzu bilan tanishdik?
Uyga vazifa: Ota-onalar yordamida bolalarning kun tartiblari bilib kelishlari topshiriladi.
28-Mavzu:Sog`lom tishlar sog`lik garovi
Maqsad: Talimiy: Bolalarga suvni isrof qilmaslik, tish chotkasidan to`g`ri foydalanish.
Tarbiyaviy: Bolalarni vatanni sevish, o`zimizning milliy boyliklarimizdan foydalanish. Suvni isrof qilmaslikka o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: Bolalarni shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishni o`rganadilar. Tish chotkasidan foydalanib, tishlarini to`g`ri tozalashni bilib oladilar.
Kerakli jixozlar: “Tish yuvish odobi” mavzusida suratlar, tish chotkasi va tish yuvish.
Mashg`ulotning borishi:Bolalarga “Tish yuvish odobi” mavzusida suratlar slaydlar orqali namoyish qilinadi. Tarbiyachi qisqagina kirish suhbati o`tkazadi.
Tarbiyachi:- Bolalar o`z – o`zini toza tutish, ozoda yurish, tishni yuvish, orasta va toza kiyinish, tirnoqlarini ozoda tutish, sochga qarash tushuniladi. Bugun biz tishlarni tozalash kerakligi haqida suhbatlashamiz. Bilasizmi nima uchun tishlarimizni yuvamiz? (Bolajonlar javobi)
Tishlarimiz nima uchun kerak?
(Bolalar javobi)
-Bolalar tishimiz so`glom bo`lishi kasallanmasligi uchun har safar ovqat yegandan so`ng o`zini chayqaymiz ertalab kechqurun tishlarimizni tozalashimiz kerak. Og`iz bo`shlig`ini toza saqlamaslik oqibatida kares kasalligi kelib chiqadi. Kares kasalligida tish yemirilib ichida g`ovak hosil bo`ladi. Bunda tish issiq-sovuq nordon vas ho`r taomlarni iste’mol qilganda og`riydi va ular yalig`lanib asab tizimi zararlanadi.
Tarbiyachi: - Bolalar bugun men sizga tish yuvish qoidasini slaydlar orqali tushuntirib beraman. Hammangiz taqdimotga e’tiboringizni qarating. Tishlarni tozalashda avval og`iz iliq suvda chayiladi so`ngra tish cho`tkasini suvga botirib “Bolalar tish pastasi” surib olinadi.
(Bolalar javobi)
Tarbiyachi: Avval og`iz xona haroratida suv bilan chayiladi so`ngra tish cho`tkasini suvga botirib tish parashog`iga yoki pastasiga sal tekkiziladi. Tishlar jipslab turgan holda oldinga ishqalanadi. Bu cho`tkani pastdan tepaga qarab yoki aksincha yurgizish kerak. Shundan so`ng kichkintoy og`zini ochib jag` tishlarini va tishlarning ichki yuzasinitozalash kerak. Tishlarni tozalab bo`lgach og`iz pasta zarralari qolmagunga qadar chayiladi. Barcha tashqi tishlarning yuzlarini mulkdan tishning chetiga qarab tozalanadi.
Nima qilindi?
(Bolalar javobi)
Tioshlarni ichki yuzasini mulkdan tishning chetiga qarab tozalanadi. Nima qilindi (Bolalar javobi)
Til va lunjning ichki yuzasi tozalandi.
Nima qilindi?
(Bolalar javobi)
Bolalar tish yuvish vaqtida suvni isrof qilmaslik uni tejash kerakligini unutmang. Tish yuvayotgan paytdan suv behuda oqib turmasligi lozim. Biz suvni tejab ishlatishimiz kerakligini doimo yodda saqlang.
Tarbiyachi: - Endi bolajonlar stolingizdagi suratlarning ketm-ketlikda joylashtirib chiqing. (Har bir guruh a’zosi ketma-ketlik bilan o`zining surati haqida gapirib beradi)
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar tish yuvish odobini juda yaxshi bilib oldingiz. Keling endi tish yuvishni amalda bajaramiz. Diqqat bilan eshting amalda bajaring.
(Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda tish yuvishni bajaradilar)