26- Mavzu: Konstitutsiya bosh – qomusimiz.
Ta’limiy maqsad: Bolajonlarni Vatanga bo`lgan mehr muhabbatini oshirish, konstitutsiya kuni haqida bilimlarini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanga bo`lgan faxr tuyg`ularini shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad: Atrof olamdagi ya’ni bayramlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashni, intelektual saloxiyatini oshirish.
Kutilyotgan natijalar:bolada Konstitutsiya bosh qomusimiz ekanligi haqida ilk tasavvurlar xosil bo`ladi.
Kerakli jixozlar: O`zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog`i, tamg`asi, xaritasi, rasmi, multimedia vositalari.
Til va nutq markazi:
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Assalomu alaykum aziz bolajonlar!
Barchangizni ma’lumki Respublikamiz bo`ylab, Vatanimiz O`zbekistonning Konstitutsiya kuni keng miqyosida ko`tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda, biz ham bolajonlar bugungi faoliyatimizni Vatanimizning konstitutsiyasiga bag`ishlab o`tkazamiz. Shu baxonada vatanimizni madx etuvchi she’rlarimizni yodga olamiz. Qani bolajonlar vatan o`zi nima? Vatan deganda nimani tushunasiz?
1-Bola:Vatan bu uyimiz
2-bola: Vatan bu mahallamiz
3-bola: Vatan bu bog`chamiz
4-bola: Vatan bu O`zbekistonimiz
5-bola: Onajonim issiq bag`ri Vatanligin bilaman,
Otam mehri qaynoq taftin Vatanligin bilaman.
O`z bag`rida ulg`aytirgan beshik menga Vatandir,
Shu yurtning ostonasi beshak menga Vatandir.
Tarbiyachi:Rahmat bolajonlar! Vatanimizni judayam chiroyli tarifladingiz. Endi qomusimiz haqida ham bir eslab olaylik.
1- bola: Huquq va burchlarimiz mujassam unda,
Undagi satrlar suyanchdir kunda
O`z himoyasiga olgan bizlarni
Hatto yo`rgakdagi o`g`il qizlarni
U bizning bosh qomusimizdir
Millatimiz shani nomusimizdur
2- bola: Adolat bitgan yo`llarimizga
Haqiqatni aytgan tillarimizga
O`z o`rni kuchini doim bildirgan
Qonunlarga qatiy amal qildirgan
U bizning bosh qomusimizdir
3-bola: Huquq buzarlarga qo`llagan chora
Hatosini anglab yetsa deb zora
No poklarga jazo toptirgan ham u
Adolatni qaror toptirgan ham u
U bizning bosh qomusimizdir
Millatimiz shani nomusimizdir