Kerakli jixozlar: Mavzuga oid rasimlar, Bolalar kutubxonasi, O`yin markazi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Assalomu alaykum, bolajonlar. Bugungi mashg`ulotimizda sizlar bilan oy mavzusi asosida yaxshi ishlarimiz haqida suhbatlashamiz.
- bilasizlarmi bolajonlar yerdagi barcha transport (turli) vositalar, svetafor bilan boshqariladi. Hozir men sizlarga rasim ko`rsataman, sizlar esa uning nomini aytasizlar.
(Poyezd, samalyot, mashina, avtobus rasimlari ko`rsatiladi).
Bolalar javobi: Tarbiyachi:Barakalla bolajonlar sizlar transport vositalarining nomlarini yaxshi bilib olibsiz. Endi ularning qanday vazifa bajarishini so`rayman.
- Poyezd qaysi yo`lda harakatlanadi?
Bolalar javobi: poyezd maxsus temir yo`lida harakatlanadi. Kelinglar birgalikda poyezd ovozini o`xshatamiz?
(Bolalar jo`r bo`lib poyezd ovoziga taqlid qilishadi).
Tarbiyachi: Avtobusda o`zimizni qanday tutishimiz kerak?