Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Tarbiyachi mashq: 
Barmoqlar yordamida “Oila” mashqi
Tarbiyachi: 
Bosh barmog`im dadam, 
Bolalar: 
Ko`rsatkich barmog`im onam 
O`rta barmog`im akam 
Kichik barmog`im opam 
Jimjilog`im men, bu mening oilam
 
Tarbiyachi: 
Bolajonlar biz onajonlarimizga doimo yordamchi bo`lishimiz kerak. Ular 
gapirganda “Labbay”, “Xo`p bo`ladi” deyish, ularga salom berishni kanda qilmaslik
nasixatlariga quloq solishimiz, ular kelganda o`rnimizdan turib qarshi olishimiz kerakligini 
unutmaylik.


74 
Bola: 
So`zlari bor durdona 
Mehnatda eng mardona 
Olam ichra yagona 
Sizsiz ey aziz ona! 
Tarbiyachi: 
Bolajonlar onalarimiz biz uchun eng aziz mexribon inson. Barchangiz 
onalaringizni sog`-omon bo`lishini istasangiz kerak to`g`rimi?
Bola: 
Ona hayot osmoni
 
Yorqin quyosh bo`lib charaqlar 
Farzand uchun kerak bo`lsa u 
Xatto cho`g`ni kaftida saqlar 
Bormi bu dunyoda onadan aziz 
Ona bilan har bir xonadon aziz
 
Tarbiyachi: 
Bolajonlar sizlar biron joyda borishda onajonlaringizdan beruxsat 
bormasligingiz, yolg`on so`zlamasligingiz lozimdir. Biror joyga ruxsatsiz ketsak 
onajonlarimiz havotirga tushadi, bizni qidiradi, onalarning yuragi bezovtalanadi. Shuning 
uchun ham ulardan biron joyga boorish uchun ruxsat so`rab borish kerak. 
Hozir men sizlarga Salimjon degan bolaning onasiga qanday yolg`on so`zlaganligi haqida 
videorolikni ko`rsatib beraman. 
Bolalarga videorolik asosida savollar berish
1. Bolajonlar Salimjon to`g`ri ish qildimi? 
2. Onasiga nima deb yolg`on gapirdi? 
3. Salimjon nimka uchun yolg`on gapirdi? 
4. Onasi Salimjonni yolg`on so`zlaganini qanday bilib qoldi? 
5. Onasi nima uchun Salimjonga siniq xo`rozqand berdi? 
6. Agar sizlar salimjonning o`rnida bo`lganizda nima qilgan bo`lardingiz? 
Mana bolajonlar onalarimizga yolg`on so`zlashish bizni doim uyaltirib qo`yadi. Biz odobli va 
tog`ri so`z bo`lsak ota-onamizga doim rahmat olib kelamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin