Mening jonajon O`zbekistonim


-Mavzu:  Onalar bayrami  Maqsad



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

50-Mavzu: 
Onalar bayrami 
Maqsad: 
Bolajonlar so`z boyligini oshirish, so`zlarni to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, ona 
eng aziz inson ekanligini tushuntirish. Ular farzandi dunyoga keltirishini, umr bo`yi farzand 
deb yashab o`tishlarini uqitirish. Onalar gapirganda “Labbay’, “Xo`p bo`ladi” deyish, ularga 
har doim salom berishni kanda qilmaslik, nasixatlarga quloq solish, ularni xurmat bilan 
o`rnidan turib kutib olishga o`rgatish. 
E’tiborga molik jixati” 
Onalarni suxbatini bo`lmaslik, qilayotgan ishlariga ko`maklashish, 
ruxsatsiz uzoq joylarga ketmaslik, ularga yolg`on gapirmaslik lozimligini tushuntiriladi.
Kerakli jixozlar: 
Mavzuga oid suratlar, videoroliklar. 
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: 
onalar bayrami “Ona muqaddas” mavzusida videorolik bilan faoliyatni 
boshlaydi.
Bolalar, baxor faslida 8-mart “Onajonlar bayrami”, 21-mart “Navro`z” bayramini 
nishonlaymiz.
Tarbiyachi: 
To`g`ri bolajonlar, bu bayramlar bizning eng sevimli va milliy bayramlarimiz 
xisoblanadi. Bugun biz sizlar bilan 8-mar “Onajonlar bayrami” haqida suxbatlashamiz. 
Bolajonlar biz onajonlarimizni yaxshi ko`ramizmi? 
Bolalar: 
Ha juda yaxshi ko`ramiz 
Tarbiyachi: 
Bolajonlar biz albatta onajonlarimizni, bizni yorug` dunyoga keltirib, oq yuvib, 
oq taragan, o`z umrini farzandlariga baxshida etib, kechalari allalar aytib, tunlari bedor 
o`tkazgan munis zotlarni har qancha sevsak, ardoqlasak ham kam. Ularni biz uchun aytgan 
allari ham yoqimli. 
Bola: 
Yoqimli shirin biram 
Onajonim allasi 
Dilga baxsh etar orom 
Onajonim allasi 
Uxla, uxla bolam der 
Sen suyangan tog`im der 
Gulga to`ldir bog`im der. 
Tarbiyachi: 
Ho`sh, bolajonlar, endi bir qo`l bilan dunyoni, bir qo`l bilan beshikni tebratgan 
mexribonlarimiz haqida nimalar deymiz?
Bolalar: 
Ona aziz, ona ulug` 
Onalar bir qo`li bilan dunyoni, bir qo`li bilan beshikni tebratadi 
Ona quyosh ularning mexri, tafti hech qachon sovimaydi. 
Onaning achchiq so`zi, farzandning aql ko`zini ochadi. 
Dunyo tor bo`lganda ham onaning bag`ri keng. 
Ona bilan bola bola gul bilan lola 
Bolaning barmog`i og`risa onaning yuragi achishadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin