Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

E’tiborga molik jixati: 
Milliy qadryatlarimiz, urf odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanadi, 
fikrlash qobilyati rivojlanadi.
Kerakli jixoz va materiallar: 
Rasm, plakat, multimediyali dastur. 
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: 
Bolajonlar, fasllar kelinchagi bo`lmish baxor fasli ham 
kirib keladi. Bahor fasli uning ob-havosi haqida kim menga aytib beradi. Bahorda havo 
ochiq, musaffo, iliq, quyoshli va yomg`irli bo`ladi. Yomg`ir yog`ib atrof muhitni yam-yashil 
maysalar-u gullarga burkaydi. Tabiat uyg`onadi. Daraxtlar kurtak yozib gullaydi.
Tarbiyachi: 
Bahor faslida birinchi bo`lib qaysi daraxt gullaydi? Bolalar : albatta bodom 
daraxti aziz bolajonlar. Bahor fasli o`zining salqinligi, shirin tarovati va go`zalligi bilan 
boshqa fasllardan ajralib tuiradi. Aziz bolajonlar kelinglar fasllarni bir yodga olamiz. 
Bolalar: 
1) baxor 2) yoz 3) kuz 4) qish 
Bahor faslida qanday bayramlarni nishonlaymiz? Albatta bahorning ilk kunlaridayoq 
“8-mart xalqaro hotin-qizlar” ayollar bayramini nishonlaymiz. Bu bayramda barcha 
buvijonlarimiz, onalarimiz, opalarimiz va singillarimizni o`z mehrimiz bilan ularni 
tabriklaymiz. 
Yana shunday ulug` bayramlardan biri Navro`z bahor bayramidir. Bu bayramni sevmaydigan, 
orzuqib kutmaydigan inson bo`lmasa kerak. Hammamiz ushbu bayramni yaxshi ko`ramiz, 
sababi bu bayram Navro`z yangi kun yangilanish, tug`ilish bayramidir. Navro`z bayrami 
o`zbekistonliklarni milliy bayramidir. Unda bizning milliy qadryatlarimiz aks etadi. 
Navro`zda o`z yaqinlarini bayram bilan qutlaydi. Doshqozonlarda sumalaklar pishiriladi, 
turli ko`k chuchvara, ko`k somsalar tayyorlanadi. Adirlarda turli sayllar boshlanadi, yigit 
qizlar bobo-buvijonlarimiz yangi kunga yetib keldik deb yaxshi niyyatda turli milliy 
ta’omlarimizni tayyorlaydilar, barcha yaxshi kayfiyatda bayramni nishonlaydi. O`tganlarni 
hotirlab ular esga olinadi. Xalqning manbai bo`lgan Navro`z bayrami keng ko`tarinki ruhda 
nishonlanadi. Qizaloqlarimiz milliy matolarimiz bo`lgan atlas-u adraslarimizdan turli 
kiyimlar kiyib olib bayramni nishonlaydilar, yigitlarimiz esa turli bahorgi o`yinlar jumladan 


79 
Uloq, eshak quvdi, to`p uloqtir, berkinmachoq, marraga yet, varrak uchirish, kim oladiyo 
shuginaniyo, oq terakmi ko`k terak o`yinlarini o`ynab dam oladilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin