Kerakli jixozlar: Mustaqillik maydoni, bayramshukuxi tasvirlangan rasmlar, dunyo bolalari aks etgan rasmlar.
Faoliyatning borishi:Tarbiyachi bolalarga butun dunyoda tinchlik bo`lishi haqida hamda O`zbekiston Respublikasi uning mustaqillikka erishgani obod va farovonhayotimiz, diyorimizdagi o`zgarishlar, tinch va musaffo osmonimizhaqida ma’lumot beradi. Shundan so`ng guruhdagi bolalardan mustaqillik, Vatan tushunchalari haqida so`raydi.
Bolalar bilganlarini bayon etishadi.
1-bola: Mustaqillik bu yaxshi yashash, erkinlik, hech kimga qaram bo`lmaslik.
2-bola: Vatan bu yuimiz, ko`chamiz, shaxrimiz, obod mahallamiz, obod qishlog`imiz, tug`ilgan joyimiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlarning javobinglardan shunday xulosaga kelamiz.
Vatan tug`ilgan joyimiz ona shaxrimiz! Uning obodligi va farovonligi tinchligi uchun barchamiz birdek mas’ulmiz!
Mustaqillik esa eng qimmatbaxo ne’mat uni qadrlash, asrash har birimizning ulkan maqsadimizga aylanishi lozim.
Tarbiyachi: bolalarni guruhlarga ajratib, har bir guruhga “Mustaqillik maydoni, tinchlik ramzi” suratini tarqatadi. Tarbiyachi mazkur rasmlarga binoan har bir guruhdagi bolalarga bajaradigan ishlari to`g`risida tushuncha beradi. Bunda bolalardan rasmga qarab xikoya tuzish so`raladi. Har bir guruh 4-5 nafar boladan iborat bo`ladi. Ularga turli topshiriqlar beriladi.
1-guruhdan rasmdagi qizlar va o`g`il bolalar soni aniqlash so`raladi.
2-guruh esa ularning kayfiyatini va harakatlarini aytib berishlari kerak.
3-guruh esa rasimdagi bolalar kiyimlarini va ranglarini tasvirlash vazifalari beriladi.
Shundan so`ng tarbiyachi faol ishtirok etgan guruhlarni rag`batlantiradi. So`ng bolalarga buyuk allomalarimizning fikrlarini aytib beradi.
Leonel Messi: Baxtiyor va tabassum qilayotgan bolani ko`rishdan ham ulkanroq quvonch yo`q, bolalarni kulgusi dunyodagi jamiki boylikdan qimmat.
Dostları ilə paylaş: |