1-bola : samolyot, vertalyot, raketa.
Tarbiyachi : samolyot qanday harakatlanadi? Qani kim ko`rsatib beradi?
(Bolalardan biri samolyot uchganidek qo`llarini harakatlantiradi.)
Tarbiyachi : Endi kim menga suvda harakatlanadigan transportlarni aytadi?
1-bola : poroxod, kema, qayiq.
Tarbiyachi : Topishmoq aytaman javobini toping!
1.Navkar otim gup etdi
Fazoni yorib o`tdi (raketa)
2.Keng fazoni quchadi
Oylab, yillab uchadi (raketa)
3.Uchganda yengil qushim
Qo`nganda og`ir qushim (samolyot)
Tarbiyachi : Bolalar Faoliyatdavomida nimalarni rasmini chizdingiz?
Bolalar : Samolyot rasmini chizdik
1-bola : Plastilindan samolyot yasadim
2-bola : Rangli qog`ozdan kema yasadik
Tarbiyachi : sizlar yasagan kema bir-biridan chiroyli
Tarbiyachi: ko`chain kesib o`tayotganimizda nimaga e’tibor berib o`tishimiz kerak?
Bolalar : Svetaforning chirog`iga qarab o`tishimiz kerak
Dostları ilə paylaş: |