Bolalar javobi: Mevalar va sabzavotlar
Tarbiyachi: Juda ham to`g`ri qo`limdagi savatchalarda ham meva va sabzavotlar, ularning rangi va shakli turli xil o`lchamda. Kelinglar “Bu nima” o`yini o`ynaymiz.
Tarbiyachi: Bolalar ko`zchalarini mato bilan bog`laydi va savatdagi meva va sabzavotlardan olishni taklif etadi. Bola poypaslab qo`liga savatdanmeva yoki sabzavotni oladi.
Tarbiyachi: Qo`linga nimani olding? U nima, uning shakli qanaqa?
Bola javobi: Olma yoki sholg`om, shakli dumaloq.
Tarbiyachi: Mazasi qanday bo`ladi?
Bola javobi: Shirin va nordon.
(Tarbiyachi savol-javob metodi orqali 4-5 bola bilan o`yinni davom ettiradi, bolalarga sabvzavot va mevalarni farqlashni o`rgatadi, bilimlarini mustahkamlaydi).
Tarbiyachi: Endi bolajonlar sizlarga topishmoqlar aytaman.
Kichkina dexcha,
Ichi to`la mixcha.
1- bola: Anor
Tarbiyachi: Qizil gulday, gul emas,
Hidi guldan kam emas.
O`zi dumaloq tuxum emas,
Yesang shirin, asal emas.
Dostları ilə paylaş: |