Tarlimiy harakatli o`yin.
“Bayrog`ni top”
(stol ustiga turli davlatlarning bayrog`larine maketlari qo`yiladi. Bolalar bayrog`lar orasidan O`zbekiston bayrog`ini topib olishlari kerak bo`ladi.)
6-modda: O`zbekiston Respublikasi poytaxti – Toshkent shaxri
O`lka ko`pdur dunyoda
Bir biridan ziyoda
Lekin Toshkentdan go`zal
Shahar bormi dunyoda
8-modda: O`zbekiston xalqini millatidan qatiy nazar O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.
Kuchlimisan-kuchsizmisan
Oqmi qora qizil tan
Baxtli bo`lishga huquqi
Barchamizga berilgan
Tarbiyachi: Bolajonlar O`zbekiston Davlat Suverineteti inson huquqlari, burchlari va majburiyatlari haqida ham aytib o`tay.
40-modda: Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega
Issiqlik juda baland
O`ynamoqqa yo`l qo`ymas
Huquqim bor shifokor
Yordamga chaqirsam bas
41-modda: har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish Davlat tomonidan kafolatlanadi.
Kichik qo`limda kitob
Yo`l olamiz maktabga
Har bolaning huquqi bor
Maktab degan tartibga
50-modda: Fuqarolar atrof tabiiy muxitga extiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar
Tabiat bizni onamiz
Biz ham uni sevamiz
Har bir qarich yeriga
Mexrimizni beramiz.
64-modda: Ota onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiya qilishga majburdirlar.
Dunyoga keldingmi bas
Bilgin o`z huquqingni
Faxrlanib tanigin
O`zingni o`z ismingni
Yolg`iz yashash juda og`ir
Mehriboning bo`lmasa
Yasha deydi bizga huquq
Ota onang bag`rida
Dostları ilə paylaş: |