Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar bilan bugun mashg`ulotimizda “Non ham non , ushog`i ham non” mvzusida suxbatlashamiz. Bizning mehnatsevar dehqonlarimiz kuz faslida dalalarga bug`doyni sepib qo`yadilar va yoz faslida hosilni yig`ishtirib oladilar. Bug`doy yoz faslida pishib yetiladi. Yetilgan bug`doyni yig`ib olishib tegirmonlarda yanchib tayyor un holati olib kelishadi. Tayyor un esaqoplarga joylanib nonvoyxonalarga, do`konlarga jo`natiladi. Nonvoylar tomonidan va onalarimiz tomonidan turli tuman bir – biridan mazali nonlar pishirib do`kon, bozorlarimizga jo`natiladi. Bolajonlar hammamizning onalarimiz bizga issiq nonlar pishirib beradi-a to`g`rimi? Mana ko`rdinglarmi balajonlar non bizning rizq-ro`zimiz, dasturxonimiz ko`rki. Shuning uchun ham nonlarni isrof qilmaslik, uvog`ini ham yerga tushirmaslik kerak. Bolajonlar non haqida she’r va topishmoqlar bilasizmi?
1- bola: