Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja


J.Loning asosiy iqtisodiy g’oyalarini quyidagicha tavsiflash mumkin



Yüklə 52,71 Kb.
səhifə8/13
tarix19.10.2023
ölçüsü52,71 Kb.
#157431
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja-fayllar.org

J.Loning asosiy iqtisodiy g’oyalarini quyidagicha tavsiflash mumkin:

1) milliy iqtisodiyot rivojlanishining kaliti sifatida, banknotalarni chiqarish yo’li bilan mamlakatda pulning mo’l-qo’lligini ta’minlashga harakat qildi;

2) kredit emissiya banklarining davlatga qarashli bo’lishini, hukumat tomonidan iqtisodiy siyosatini olib borilishi va uning yordamidan foydalanishni talab qilib chiqdi;

3) tovarlar bahosining ozgina oshishi, tovarlar taklifining ancha ko’payishiga olib kelishi qoidasini asoslab berdi;

4) davlat qo’shimcha ish joylarini yaratishga imkon beruvchi muomaladagi pul miqdorini ko’paytirish yo’li bilan, ishlab chiqarish miqdoriga ancha katta ta’sir ko’rsatishi mumkinligi to’g’risida gapirib o’tdi;

5) aktsionerlik jamiyatlarini tashkil etish yo’li bilan kapital markazlashuvi va birlashuvi g’oyasiga ta’sir ko’rsatdi.

Shunday qilib, aytish mumkinki, merkantilizm kontseptsiyasi eng avvalo, protektsionistik tadbirlardan foydalanishga va iqtisodiy hodisa va jarayonlarning rivojlanishida davlat aralashuviga tayanadi. Bunday qarash jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida, shu jumladan, hozirgi davrda ham kuzatiladi.

Merkantilizm va hozirgi zamon.

Yevropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm, Fransiyada kontinental qamal va boshqalar) va nemis tarixiy maktabi (bu haqda quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g’oyalari yana tilga olina boshlandi. Avval Rosher va Shmoller, so’ngra ularning ingliz izdoshlari Kanningem va Eshlilar merkantilizm g’oyalarini to’la ratsional va ma’lum istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy avtarkiya va davlat hokimiyatini kuchaytirishda yaroqli siyosat deb qaradilar.

A.Smit mashhur asarining bir joyida “Mamlakat xafvsizligi farovonlikdan muhimroq” deb yozish bilan shunday nuqtayi nazarni ilgari surdiki, unga ko’ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. Bu munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik kiritishga imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi qo’shni davlatlar iqtisodiy kuch-qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, bunda ushbu davlat qudratining oshishi ro’y beradi. Lokkning fikricha, bu shunday ro’y beradi: “boylik” oltin va kumushning ko’pliginigina anglatmaydi, balki boshqa davlatlarnikidan ortiqroq bo’ladi. Haqiqatan ham, ko’pchilik merkantilistlar shunday nuqtayi nazarni himoya qilganlarki, unga ko’ra millatlarning iqtisodiy manfaatlari antagonistik, ya’ni qarama-qarshidir, go’yoki dunyoda cheklangan miqdordagi resurslar mavjud, ularni esa bir davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi mumkin.Bu merkantalistlarning “qo’shningni talon-taroj qil” degan siyosatini himoya qilishini tushintirib beradi.Undan tashqari, bu g’oyada ichki iste’molni kamaytirish milliy siyosatning maqsadi qilib ko’rsatiladi.

Merkantilizmni qaytadan qo’llash, klassik maktabni tan olmaslik, kapitalizm yo'liga keyinroq o'tgan davlatlarda ro'y berdi. Yangi davlatlar iqtisodiyotda to'la erkinlikka qarshi edi, yoki bu erkinlik faqat kuchli Angliya uchun qulaylik va ustunlik beradi deb bejiz o'ylamaganlar. Shu sababli bu erda merkantilistlarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish, proteksionizm, mamlakatda pul mo'l-ko'lligini ta'minlash va boshqalar hukumatlar siyosatiga aylantirildi.

XX asrda davlat monopolistik kapitalizmi rivoji bilan davlatning iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi.Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi.Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga soldi.Shu davrda J.M.Keyns nomi bilan bog'liq ta'limot yuzaga keldi. U «Merkantilizm to'g'risidagi mulohazalar» va «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936y.) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim g'oyalarini qo'llaydi, unda «amaliy donolik» kurtaklari borligi ta'kidlanadi. Eksportning importdan ko'pligi, oltinlarning oqib kelishi esa pulga taklifni kuchaytirib, foiz stavkalarini pasaytiradi va shu bilan investisiya va bandlikni rag'batlantiradi. Keyns shularni «merkantilizm doktrinasidagi ilmiy haqiqat urug'lari» deb ataydi.

Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish bermasligini ta'kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari avtomatik ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular haqida to'la ma'lumot maxsus boblarda beriladi).


Yüklə 52,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin