Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja


Merkantilizmning tarixiy ahamiyati



Yüklə 52,71 Kb.
səhifə12/13
tarix19.10.2023
ölçüsü52,71 Kb.
#157431
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja-fayllar.org

Merkantilizmning tarixiy ahamiyati.

Merkantilizm va uning vakillari – ijodiy merosidagi ham pozitiv, ham negativ unsurlar nuqtai nazaridan, iqtisodiy ta’limotlar tarixida o’chmas iz qoldirdi.

Birinchidan, merkantilistlar kontseptsiyasi deyarli butunlay muomala sohasidagi xo’jalik hayotining amaliyotiga qaratilgan. Shunday bo’lsada, bu ularga ko’plab iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy muomilaga kiritish, savdo sohasi, ssuda operatsiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlab berish imkonini beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga bo’lgan ularning ta’siri doimo aynan bir xil bo’lgan emas.

Masalan, mamlakatning o’z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun pul muhim vosita ekanligini to’g’ri tushuntirib bergach, merkantilistlar shunday bo’lsada milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga e’tibor bermadilar. Bundan tashqari, ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan. «Ixtiyoriy ishsizlik»ning asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi yoki «yalqovlik», yoki «axloqiy buzuqlik» hisoblangan.

Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining va Evropada ancha rivojlangan mamlakatlar – Angliya va Frantsiyada uning o’rnini olgan klassik siyosiy iqtisodning o’ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqardi.

Xususan, Frantsiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol protektsionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura tarmog’i yaratildi. Ammo bir vaqtning o’zida mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo’li bilan fermer xo’jaliklarining shakllanishiga to’sqinlik qilindi. O’sha davrdagi Frantsiya ichki bozorining uning azaliy raqibi – Angliyaga nisbatan «torligi» oqibatda aynan shu vaziyatga bog’lab tushuntirildi. Natijada, frantsuz merkantilizmi kolbertizm deb atala boshladi, klassik siyosiy iqtisod doirasidagi o’ziga xos frantsuz maktabi esa fiziokratizm ta’limoti deb yuritildi.

Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma’lumki, Frantsiyaga nisbatan ancha «unumli» bo’ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasidagi bu mamlakatning protektsionizm siyosatidagi asosiy yutuqlari, odatda, Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri – Tomas Man nomi bilan bog’lab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma’lumki, aynan Angliyada merkantilizm bilan bo’lgan g’oyaviy kurash natijasida eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o’z aksini topdi. Bundan tashqari, Angliya XIX asrda ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim antimerkantilistik chora-tadbirlarni, jumladan ichki va tashqi savdoda to’la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi.

G’oyalar o‘z – o‘zidan paydo bo’lmaydi.Aksincha ular o’z davrlarida mashhur bo’lguncha ko’p vaqt e’tiborsiz qoladilar.Merkantilistlar davrida klassik maktab e’tiborini tortgan g‘oyalar paydo bo’lgan.Ular turli yo‘llar bilan shakllangan. Dastlab bu g‘oyalar ko‘pgina mualliflar tomonidan qabih fikirlar sifatida radetilgan, keyinroq bir nechta mualliflar tomonidan qabul qilindi, nihoyat merkantilistlar davri tugadi va ana o‘sha qabih fikirlar klassik davrining eng markaziy bosh g‘oyalariga aylandi. Shuning uchun Adam Smitniki deb qabul qilingan g’oyalar avvalgi hukmron mercantilist g’oyalaridan uzoqlashgan ayrim noan’anaviy yozuvchilar mehnati evaziga shakllangan bo’lishi mumkin.

1500 – 1750 yillar davomida ijod qilgan mutaffakkirlarning har hilligi va tarqoqligini tushuntirish uchun ular haqida qisqacha tushuncha beramiz. Tomas Man, Uilyam Petti, Bernard Mandevil, Devid Hyum va Richard Kantillonlar shular jumlasidandir.

Adam Smit o‘zining Xalqlar boyligi asarining 4 – kitobida merkantilistlar nazariyasi va siyosatini keskin rad etgan, unda Smit Tomas Manni merkantilistlar lideri sifatida keltirib o‘tgan. Man (1571 – 1641) Ost Indiya kompaniyasining direktori edi, bu kompaniya ayrim yozuvchilar tomonidan 2 jihati bo‘yicha tanqidga uchragan: 1) Angliya Hindistondan importi unga qiladigan eksportidan ko’p edi, 2) Angliya Import uchun Hindistonga qimmatbaho metallar yuboradi: Man shaxsiy biznes manfaatdan foyda ko‘ruvchi hukumat siyosati tarafdori, oddiy merkantilist edi.

Amerika talabalarini amerika mustamlakalari tarixidan xabardor bo’lganliklari uchun ular merkantilistik nazariya va amaliyoti haqida bilvosita ma’lumotga egalar. Ingiliz siyosati mustamlakalarni xom – ashyo eksport qiluvchi iqtisod shaklida va ayni paytda ularni Ingliz manufakturasiga muhtojlikda ushlab turishni nazarda tutar edi.

Man o‘z kitobida Angliya xazinasi xalqaro savdodan boyishini ta’kidlagan. U oddiy mercantilist edi, chunki u ham halqning boyligini davlatda mavjud bo’lgan qimmatbaho toshlar bilan tenglashtirdi, shuning uchun oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsdida ijobiy savdo balansini ushlab turish lozim deb hisobladi. Uning fikricha, hukumat ijobiy saldoga ega bo’lish uchun tashqi savdoni nazorat qilishi, arzon xom – ashyo importini rag‘batlantirishi,ishlab chiqarilgan tayyor tovarlar importini tariff va boshqa himoyaviy vositalar orqali cheklashi, hamda ish haqini kamaytirish va shu yordamida raqobatdoshlikni oshirish maqsadida aholi sonini o’stirishi lozim edi.

Man ushbu merkantilistik g’oyalarni taqdim etdi, lekin Ost Indiya Kompaniyasi tanqidini o’z ichiga olgan ayrim hom merkantilistik tushunchalarni inkor etdi. U barcha davlatlar bilan ijobiy umumiy savdo balansiga ega bo’lish yaxshi, qimmatbaho toshlarning boshqa davlatlarga chiqib ketishi esa yomon bo’lsa ham, Hindiston bilan salbiy savdo balansiga ega bo’lish va Hindistonga oltin export qilish Angliya uchun foydali ekanligini ta’kidladi, chunki bu salbiy balans boshqa davlatlar bilan ijibiy savdo balansiga erishishga va oltin va kuvushning davlatga kirib kelishiga olib keladi. 1755 – yilda Manning mashhur kitobi so‘nggi bor nashr etildi. Bu liberal merkantilistlar Smitning “Halqlar boyli…” asariga asos yaratib berishni boshlagan edilar.

Uilyam Petti hayoti davomida faqatgina bitta asarini chop ettirgan, biroq o‘limidan so‘ng 10 yil davomida qolgan 4 ta kitobi ham nashr etilgan. Bu kitoblar ko‘proq traktatlar bo‘lib izchil tuzilmaga rioya qilinmagan edi.Pettining Siyosiy Arifmetikasi 1676 – yilda yozilgan bo‘lsa- da, 1690 – yilga qadar chop etilmagan. U siyosiy arifmetika metodologiyasi yangilik kiritayotganini anglab yetgan edi.

Buni amalga oshirish uchun biroz noan’anaviy usuldan foydalanaman. Nisbiy va absolyut so’zlarni, intelektual ta’kidlarni ishlatishdan ko’ra men… son, og’irlik va o’lchovlar orqali tushuntiraman, sezgilarga ta’sir qiluvchita’kidlarnigina ishlatish va faqat shunday sabablarni o’rganish tabiiy asoslarga ega.

Petty ijtimoiy voqealarni o’lchashda statistic usullarni qo’llashni ochiqchasiga ma’qullagan birinchi olim bo’lgan bo’lsa kerak. U aholi sonini, milliy daromadni, eksportni, importni va xalqning asosiy jamg’arilgan kapitalini o‘lchashga harakat qilgan. Uning uslubi haddan tashqari hom bo’lib, Adam Smitning siyosiy arifmetikadan kam foydalanganligini ko’rsatar edi.

O’z tahlili va siyosiy xulosalaridan oddiy merkantilist bo’lib ko’rinsa ham, keyinchalik xulosalari muhim ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiy nazariyaning va ijtimoiy fanlarning shakllanishida Petty muhim rol oynadi. 1- bobning ilovasida biz iqtisodiyot nazariyasi metodologiyasi haqida fikr yuritgan edik. Bizni qiziqtirgan eng muhim masalalardan biri fundamental tamoyillarni keltirib chiqarishda foydalaniladigan mexanizmlar edi. Iqtisoddagi eng kuchli an’analardan biri ilmiy metodologiya bo’lib, unda muammolar va nazariyalar til orqali tushuntiriladi. 19-asr ohirigacha gipotezani tekshirish hozirgi vaziyatga yoki tarixga solishtirish orqali amaga oshirib, statistikadan kam foydalanilar edi. Pettining g’oyalar son, og’irlik va o’chovlar orqali ifodalanishi va tabiatda ko’rish mumkin bo’lgan g’oyalargina qabul qilinishi kerak degan mashhur g’oyasi hozirgi iqtisodiy nazariyaning asosi hisoblanadi. Uning statistikadan dastlabki foydalanishlari hom bo’lishiga qaramay, uning metodoligik yondashuvi o’z davrining empirik induktsiyasidan tortib hozirgi kundagi iqtisodiy jurnallarda ishlatiladigan zamonaviy ekonometrik yondashuvlar bilan bir hil ahamiyatga ega.

Ko‘pgina merkantilistlar quruq traktatlar yozib, biznesmen sifatida ko‘ringan bo‘lsa , B. Mandevill metafor sherlar orqali o’z fikrlarini bayon qilgan. Uning “Arilar haqida ertak yohud individual g’arazlik, jamoat manfaatlari” (1714) deb nomlangan asari nafaqat uning atrofidagilarni, balki adabiyot, falsafa, psixologiya, iqtisod yo‘nalishlaridagi talabalarni ham bahs munozaraga chorladi.Keyns Mandevilni qo’llab o’zining “Halqlar boyligi…” asarida ikki sahifa mulohaza qoldirgan.

Iqtisodiyot nazariyasi Devid Hyum o’zining talantini va tahliliy qobiliyatlarini iqtisodiy muammolarga bag’ishlamaganidan ancha yo’qotish sezgan, lekin bu yoqotishlar o’rnini uning filosofiya, siyosat va tarixdagi muvaffaqiyatlari bilan to’ldirilgan edi. U Adam Smitning yaqin do‘sti bo‘lgan. Ularning birgalikdagi ilmiy ijodlari keying avlodgao’ziga hos ta’sirini o’tkazdi.


Yüklə 52,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin