Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja


Keyns o'zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to'rt sohani berdi



Yüklə 46,06 Kb.
səhifə9/13
tarix06.06.2023
ölçüsü46,06 Kb.
#126041
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja

Keyns o'zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to'rt sohani berdi:
1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda foizini pasaytirish va investisiyalarni rag'batlantirishni o'ylaganlar;
2. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo'rqmaganlar va yuqori baholar savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag'batlantirgan. Keynsning fikricha, «mo''tadil inflyatsiya» iqtisodiy faollikni qo'llab-quvvatlaydi;
3. Merkantilistlar «pulning etishmasligi ishsizlikning sababchisi ekanligi» to'g'risidagi tushunchaning asoschilari bo'lganlar.
Keynsning fikricha, bank va davlat byudjeti kamomadini kredit ekspansiyasini oshirish yo'li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi kurashishda muhim qurol bo'lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha ob'ektiv sabablarga bog'liq edi, masalan agrar sohada u ko'pincha mavsumiy edi, ya'ni qishloq xo'jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to'g'ri keladi. Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya'ni daryodagi kishki muzlar yoki bahorgi toshkinlar suv tegirmonlarini to'xtatib qo'yganidek;
4. Merkantilistlar o'z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urushlar ochish yo'nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi, deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo'lgan.
Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo'shmoq kerak, chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o'ynaydi. Buni Keyns o'z-o'zidan ravshan narsa deb tushungan bo'lsa ehtimol.
Ma'lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining emirilishi va ko'plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri hisoblanadi. Bu davrda «nomerkantilizm» g'oyalari ilgari surilmoqda, rivojlanayotgan davlatlarning ko'pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining kattaligi, xalq xo'jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar «nomerkantilistik» hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo'li bilan industrializasiyani moliyalash, baholarni tartibga solish va monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta'limotga to'g'ri keladi.
90-yillarda boshlangan, ilgarigi sosialistik rivojlanish yo'lidan borayotgan davlatlarning bozor munosabatlariga o'tish davridagi iqtisodiy siyosati ham ko'p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga juda o'xshashdir.Ayniqsa, tadrijiy (evolyusion) yo'lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha kuchlidir (bu to'g'rida kerakli ma'lumotlar mazkur boblarda beriladi).Shu sababli merkantilizm ta'limotini har tomonlama o'rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 46,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin