Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja


J.B.Kolberning asosiy g’oyalari va ularning hayotga tatbiq etilishi quyidagicha tavsiflanadi



Yüklə 46,06 Kb.
səhifə7/13
tarix06.06.2023
ölçüsü46,06 Kb.
#126041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja

J.B.Kolberning asosiy g’oyalari va ularning hayotga tatbiq etilishi quyidagicha tavsiflanadi:
1) Frantsiya tashqi savdosini faollashtirishga har tomonlama ta’sir ko’rsatdi;
2) tashqi bozorga tovar ishlab chiqarishni hisobga olgan holda manufaktura sanoatini rivojlantirishga imkoniyat yaratib berdi;
3) protektsionistik tariflardan keng foydalangach, Frantsiya bojxona siyosatini tartibga solish bilan faol shug’ullandi;
4) manufaktura sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor bergan holda, qishloq xo’jaligining ancha orqada qolib ketishini keltirib chiqardi, ayniqsa, mamlakatdan don olib chiqishni noto’g’ri man etishi va mamlakatga erkin don olib kirishga ruxsat berishi natijasida dehqonchilikning qashshoqlashuviga olib keldi.
Angliya merkantilizmining ancha yirik vakili Uilyam Staffordning (1154–1612 y.) hayot faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar juda kam. Uning faqat boy savdogar oilasidan kelib chiqqanligi va “Bizning vatandoshlarning ba’zi bir shikoyatlarining qisqacha bayoni” asarini yozganligi ma’lum. Unda U.Stafford merkantilizm uchun xarakterli bo’lgan quyidagi g’oyalarni ilgari surgan:
1) muomalada buzilgan pullar emas, balki to’la qimmatli pullar bo’lishi kerak, chunki faqat ular tashqi tovar aylanmasida yaroqli hisoblanadi;
2) chetga xom ashyo chiqarishni man etishni taklif etadi (keyin undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilib yuqori bahoda Angliyaga qaytib kelmasin);
3) katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun qimmatli xorijiy tovarlarni (zeb-ziynat buyumlari) iste’mol qilishni man etishni talab qilib chiqdi;
4) Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan tovarlarni mamlakatga olib kirishni to’liq man etishni tavsiya etdi.
T.Man 1630 yilda «Angliyaning tashqi savdodagi boyligi yoki boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi» asarini yozdi. Unda muallif pul muomalasini qat’iy tartibga solish zararli ekanligini, pul foyda keltirishi uchun doimo harakatda bo’lishini, pulning chetga erkin chiqarilishi kerakligini, busiz tashqi savdoni risolidagidek rivojlantirib bo’lmasligini qayd qilib o’tadi.
T.Man bo’yicha, boylikning manbai faqat tashqi savdo hisoblanadi, bunday boylikka «har yili xorijliklardan xarid qilgan summadan ko’ra, ularga ko’proq sotish» yo’li bilan erishiladi. U chetga faqat tayyor mahsulot chiqarishni, isrofgarchilikka qarshi qattiq kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlarni iste’mol qilishdan o’zini tiyishni tavsiya etadi.
Adam Smit o‘zining “Millatlar boyligi...” asarining 4 – kitobida merkantilistlar nazariyasi va siyosatini keskin rad etgan, unda Smit Tomas Manni merkantilistlar lideri sifatida keltirib o‘tgan. Angliyada keyingi yetuk merkantilizm Tomas Man (1571–1641) asarlarida ifoda etilgan. Manufaktura tizimining klassik vakili T.Man o’z davrining yirik savdogar, Sharqiy Hindiston kompaniyasining direktori edi, bu kompaniya tanqidchi yozuvchilar tomonidan 2 jihati bo‘yicha tanqidga uchragan: 1) Angliya Hindistonga eksport o‘rniga import qilardi, 2) Angliya Import uchun Hindistonga qimmatbaho metallar yuboradi: Man shaxsiy biznes manfaatdan foyda ko‘ruvchi hukumat siyosati tarafdori, oddiy mercantilist edi. Uning birinchi kitobi ,, Angliya va Sharqiy Hindiston o‘rtasidagi savdo haqida(ma’ruza)” deb nomlanib 1621 – yilda nashr etilgan. Bu kitob sharqiy Hindiston kompaniyasini partisan tartibidagi turli soliqlardan himoya qilgan. Uning 2 – kitobi: Xorijiy savdo orqali kelgan Angliya xazinasi deb nomlanib 1628 – yilda tayyor bo‘lgan, biroq bu kitob uning vafotidan so‘ng o‘g‘li tomonidan 1664 – yili chop etilgan.
Man o‘z kitobida Angliya xazinasi xalqaro savdodan boyishini ta’kidlagan. U qimmatbaho metallar aksiyasiga ega davlat boyligini o‘z nazariyasiga ko‘ra rad etardi. Uning fikricha, hukumat muqobil balans, arzon xom – ashyo import qilishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarilgan tovarlar importini nazorat qilishga erishish uchun davlat xorijiy savdoni boshqarishi lozim edi.
1755 – yilda Manning mashhur kitobi so‘ngi bor nashr etildi. U barcha xalqaro savdoning maqbul balansiga erishish mumkinligiga e’tibor qaratgan, Hindistonga keladigan qimmatbaho metallar eksportidan Angliya katta daromad olishi va savdoni kengaytirgan holda barcha xalqaro savdosi balansiga ham ta’sirini aytib o‘tadi.
Keyingi merkantilizm vakillaridan biri shotlandiyalik Jon Lo (1671–1729 y.) hisoblanadi. J.Lo kredit-bank tizimi, shuningdek, qog’oz-pul muomalasi va birja chayqovchiligi asoschilardan biri hisoblanadi. U kuchli iqtisodchi-amaliyotchi bo’lsada, faqat ikkita asar yozgan. Birinchisi “Pul va savdo” 1705 yilda chop etilgan, ikkinchisi “Regentstvo davri moliya tarixi” uning o’limidan sal oldin yozib tugatiladi, lekin faqat ikki yuz yildan keyin nashr etiladi. Bank va yangi turdagiaktsionerlik jamiyatini tashkil etish, banknot chiqarish, kapital to’plash, aholining barcha qatlamlari o’rtasida aktsiyalarni tarqatish bo’yicha uning kontseptual qarashlari va amaliy faoliyati, ularning ancha rivojlangan davlatlarning xo’jalik tajribasida keng qo’llanilishidan 150 yil ilgari kelib chiqqan.

Yüklə 46,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin