Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja


Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi



Yüklə 46,06 Kb.
səhifə4/13
tarix06.06.2023
ölçüsü46,06 Kb.
#126041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja

Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi


Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo’ldi va XVI asrning o’rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma’muriy yo’l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko’paytirishga qaratilgan (mamlakat puli qancha ko’p bo’lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va uni chetdan olib kelish yo’lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiqhisobladilar:
eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o’rnatishni;
tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslikni.
Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogarlarni ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko’proq tovar sotib olishga qiziqtirish maqsadidaataylab chaqalarni buzib, ularning qiymmatini pasaytirish bilan shug’ullangan. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, tashqi savdoning kengayishi merkantalistlarning boylik muammosiga bo’lgan qarashini o’zgartirishga majbur etdi.
Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning ikkinchi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. (Uning asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan rag’batlantirilishi sababli, mamlakatlar o’rtasidasavdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o’rniga keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. «Savdo balansi» nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur kontseptsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha ko’proq pul mablag’larini jamg’arish emas, balki aktiv savdo balansiga erishishdir (eksportning importdan ustun bo’lishi). Eksport va import o’rtasidagi farq (ijobiy saldo)– mamlakat boyligining o’sishidir. Demak, real boylik bu– «o’lik pullar» yig’indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.
Merkantilistlar fikriga ko‘ra, savdoning muqobil balansiga erishish uchun davlat eksportni rag‘batlantirib importni ta’riflar, kvotalar, subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi kerak. Mahsulot ichki iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag‘batlantirilishi va xorijiy savdo orqali boshqarilishi lozim.

Yüklə 46,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin