Uglerod – uglerodli kompozitsion materiallar.
Aviatsiya — kosmik texnikasida qo‘llaniladigan istiqbolli materiallardan biri-bu uglerod-uglerodli (S—C) kompozitlardir. Bularda matritsa sifatida uglerod ishlatiladi.Bu qotgan termoreaktiv smolalarni (fenelformaldegidli, fu- ranovli) yuqori haroratda qizdirib olingan koksto‘ldirgich sifatida uglerod tolalari ishlatiladi.Bu tizimli materiallar kompozitsiyasiga to‘ldiruvchi material sifatida uglerodli paxta, uglerodli matolar, uzilgan-kesilgan tolalar, buralgan iplar kiradi. Ikki tizimlisiga qo‘shimcha — to‘ldirgich sifatida matolar-to'qimalar: ko‘p tizimli materiallar tolalarni ma’lum tartibda taxlash bilan olinadi. Operatsiyalarning ketma-ketligi: Uglerodli (yoki grafitli) tolalarni yoki matoni fenolli smola bilan to‘yintirish.
Bog‘lovchini berilgan harorat va bosimda qotirish.
Kerakli o‘lchamlargacha mexanik ishlash.
Karbonizatsiyalash maqsadida kerakli atmosferada qizdirish.
Agar modifikatsiya qilinsa — karbid va nitrid hosil qiluvchilar bilan (Si, Ta, N), kompozitning asosli muhitda turg‘unligi oshadi.Uglerod — uglerod materiallarining mexanik xossalari yuqori: Oь= 100—700 MPa, qisishidagi mustahkamlik 800—1200 MPa; zarbiy qovushqoqligi 50—100 kJ/m2; vakuum va neytrol muhitda issiqqa turg‘un 2500°C gacha.Uchish apparatlari burun qismi konusi, yuqori haroratli kanoplar, raketa dvigatellari soplari va ha kazolarda ishlatiladi.Karbidli kermetlar metallik komponenti sifatida kobalt, nikel, bolzam, molibden, niobiy, xrom, volfram bilan birgalikda bo'ladi. Karbid-titanli kermetlar oksidlariga nisbatan ancha puxta, puxta- likni uzoq muddatli nuqtayi nazardan issiqbardosh po'latlardan ham yuqori. Xrom va sirkoniy dibaridi asosidagi kermetlar birdaniga issiq urishi(«teplovoy ynap»)ga chidamli. Dispers keramik kompozitsion materiallar mas’uliyatli detallar yasashda ishlatiladi: Yuqori haroratda ishlaydigan.
Kichik asboblar uchun.
Yeyilmaydigan.
Shtamplar.
Filera.
Podshipniklar.
Zararli muhitda ishlaydigan klapanlar.
Oksid asosidagi kermetlar issiq (pechlarda) o‘lchagich-termo~ juftlar sohalari sifatida ishlatiladi.