SAP-1 ni poЈlat sim(X19H9) bilan (15%) sinchlanishi, uning puxtaligini 250°C da 2,3 marta, 350°C da 3,9 marta; 500°C da 5,6 marta oshiradi. Aluminiy-bo‘r tolasitizimidagi kompozitlar yanada puxta va bikr, 400—500°C da ham bemalol ishlayveradi. Chunki, bo‘r harorat ta’sirida puxtaligini kamaytirmaydi. Aluminiy bo‘r (Al-B) tizimida kompozitlarga misol: BKA-1. Bo‘r miqdorining ortishi bilan kompozitsiyaning puxtaligi va bikrligi ortadi. BKA-1 da 50% bo‘r mavjud. Agar aluminiy bor tolalari bilan sinchlansa, kompozitsiya puxtaligi 500°C da 600 MPa ni tashkil etadi. Agar borsiq hajmi 65% bo‘lsa, puxtalik 1600 MPa ga yetadi va uzoq vaqt (1000 soat) saqlanib turadi; 300-500°C da ham. Aluminiy matritsa uglerod tolasi bilan puxtalangan kompozit ancha arzon, lekin mexanik xossalari pastroq. Agar titan bilan sinchlansa, kompozitning egiluvchanlik moduli va ishlash harorati ko‘tariladi.