Metall asosidagi kompozitsion materiallar


Uglerod – uglerodli kompozitsion materiallar



Yüklə 87,18 Kb.
səhifə2/6
tarix26.10.2022
ölçüsü87,18 Kb.
#66391
1   2   3   4   5   6
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • koks
Uglerod – uglerodli kompozitsion materiallar.
Aviatsiya — kosmik texnikasida qo‘llaniladigan istiqbolli materiallardan biri-bu uglerod-uglerodli (S—C) kompozitlardir. Bularda matritsa sifatida uglerod ishlatiladi.Bu qotgan termoreaktiv smolalarni (fenelformaldegidli, fu- ranovli) yuqori haroratda qizdirib olingan koks to‘ldirgich sifatida uglerod tolalari ishlatiladi.Bu tizimli materiallar kompozitsiyasiga to‘ldiruvchi material sifatida uglerodli paxta, uglerodli matolar, uzilgan-kesilgan tolalar, buralgan iplar kiradi. Ikki tizimlisiga qo‘shimcha — to‘ldirgich sifatida matolar-to'qimalar: ko‘p tizimli materiallar tolalarni ma’lum tartibda taxlash bilan olinadi.
Operatsiyalarning ketma-ketligi:

  1. Uglerodli (yoki grafitli) tolalarni yoki matoni fenolli smola bilan to‘yintirish.

  2. Bog‘lovchini berilgan harorat va bosimda qotirish.

  3. Kerakli o‘lchamlargacha mexanik ishlash.

  4. Karbonizatsiyalash maqsadida kerakli atmosferada qizdirish.

Agar modifikatsiya qilinsa — karbid va nitrid hosil qiluvchilar
bilan (Si, Ta, N), kompozitning asosli muhitda turg‘unligi oshadi.Uglerod — uglerod materiallarining mexanik xossalari yuqori: Oь= 100—700 MPa, qisishidagi mustahkamlik 800—1200 MPa; zarbiy qovushqoqligi 50—100 kJ/m2; vakuum va neytrol muhitda issiqqa turg‘un 2500°C gacha.Uchish apparatlari burun qismi konusi, yuqori haroratli kanoplar, raketa dvigatellari soplari va ha kazolarda ishlatiladi.Karbidli kermetlar metallik komponenti sifatida kobalt, nikel, bolzam, molibden, niobiy, xrom, volfram bilan birgalikda bo'ladi. Karbid-titanli kermetlar oksidlariga nisbatan ancha puxta, puxta- likni uzoq muddatli nuqtayi nazardan issiqbardosh po'latlardan ham yuqori.
Xrom va sirkoniy dibaridi asosidagi kermetlar birdaniga issiq urishi(«teplovoy ynap»)ga chidamli.
Dispers keramik kompozitsion materiallar mas’uliyatli detallar yasashda ishlatiladi:

  1. Yuqori haroratda ishlaydigan.

  2. Kichik asboblar uchun.

  3. Yeyilmaydigan.

  4. Shtamplar.

  5. Filera.

  6. Podshipniklar.

  7. Zararli muhitda ishlaydigan klapanlar.

Oksid asosidagi kermetlar issiq (pechlarda) o‘lchagich-termo~ juftlar sohalari sifatida ishlatiladi.

Yüklə 87,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin