Metall asosidagi kompozitsion materiallar


Volfram va molibdendan olingan simlar



Yüklə 87,18 Kb.
səhifə4/6
tarix26.10.2022
ölçüsü87,18 Kb.
#66391
1   2   3   4   5   6
Volfram va molibdendan olingan simlar.Volfram va molibdendan hamda ularning qotishmalaridan olingan simlar, asosan, kukun metallurgiyasiusulida olinadi. Oxirida kiryalanadi. Volfram simlarini olishda qo‘shimcha sifatida oksidlar: ThCh; SiCh; ЬagOz lar ishlatiladi. Bu volfram simining mustahkamligini yetarli darajada ushlab turadi.Oldin diametri 2,75 mm bo‘lgan shtabiklar olinadi: po‘lat shaklda, bosim R= .4-6 ts/sm2 da, gidropresslarda, 3000°C haroratda termik ishlab - pishirib («spekaniye»). Kiryalash 1000°C da boshlanib, asta pasaytirib, oxirgi davrda 400—600°C ga tushiriladi. Bir necha bor yumshatiladi: birinchisi 800°C da, qolganlari 600°C
Berilliyli simlar. Berilliyning zichligi kash: u = 1850 kg/m3; katta mustahkamlikka va Yung elastik moduliga ega. Bular berilliy­ning nisbiy xarakteristikalari.Berilliy simi400—480°C da kiryalanadi. Bu haroratda berilliy plastikligi juda yuqori bo'ladi va kam uglerodli po'lat plastikligiga yaqin keladi. Birilliy metall qobig‘i ichida, masalan nikel qobig‘ida kiryalanadi. Kiryalab bo'lgandan so'ng, qobiq eritib olib tashlanadi («travit»). So‘ng sim yuzasi elektrokimyoviy sayqallanadi. Metall qobiq sifatida matritsa materiali ham ishlatiladi. Bu holda elektro­kimyoviy eritish va sayqallash operatsiyalari bo‘lmaydi.Diametri 1,8 mm bo‘lgan berilliy simi ov = 1129 MPa, E — 320 103MPa ga ega. Qattiq deformatsiyalangan berilliy tolasi yuqori rekristallanish haroratiga ega: 700°C. Kamchiligi: past plastikligi ( 5= 1-2%) va zaharligi.Berilliy simi ko‘pincha matritsasi aluminiy, magniy yoki titandan bo‘lgan kompozitlarni puxtalash uchun ishlatiladi.

Uglerodli tolalar. Bular poliakripnitrilli gidrotsellulozali toladan yoki neftli smola asosida olingan tolalardan olingan. Uglerodli tolalarni olish texnologiyasi organik dastlabki tolalarni issiq ta’sirida parchalanishiga asoslangan. Qizdirish boshqariladigan atmosferada olib boriladi.
Uglerodli tolalarni ishlab chiqarish quyidagi operatsiyalardan iborat:
1.Oksidlash.
2.Karbonizatsiyalash.
3.Grafitlash.
Tolalar 200—300°C da olib boriladi. Karbonizatsiya 900°C dan yuqorida vodorod muhitida o‘tadi. Unga o‘tga turg‘unlik xossasi beriladi 2500°C dan yuqorida uglerod tolasi hosil bo‘ladi.Ishlash vakuumda yoki inert gaz (azot, argon, geliy) muhitida olib boriladi. Uglerod tolasi xossalariga yakunlovchi harorat katta ta’sir qiladi.Grafitlash haroratini o‘zgartirib, tola xossalarini boshqarish mumkinUglerodli tolalar strukturasi tasmasimon kondensirovkalash uglerod qatlamlari tizimidan iborat. Bu geksogonal strukturali, nomi mikrofibrillalar.Bir xil yo‘naltirilgan mikrofibrillar guruhi.Fibrillalarning o'zaro joylanishi, ularning «oriyentatsiya» darajasi dastlabki xomashyo tolaning cho‘zilish darajasi makromolekula tarkibi tola olish texnologiyasiga bog'liq. Shuning uchun har xil dastlabki materiallardan olingan tolalarning puxtalik va bikrlik xossabrining bir-biriga nisbati ham puxtalik xossalari ham har xil bo’ladi.

7-rasm. Poliakrilnitrildan (1) va viskozadan (2) olingan uglerodli tolalarning vaqtincha qarshiligi va egiluvchanlik moduli orasidagi bog‘liqlik.


Uglerodli tolalar puxtaligiga nuqsonlar ancha ta’sir qiladi: g‘ovaklik, darz ketish.
Mexanik xossalariga qarab 2 xil bo‘ladi:
1) • Yuqori puxtalikdagi tola:Sь= 2500—3200 MPa,
E= (180-220)103 MPa.

  1. Yuqori modulli tola: cv = 1400—2200 MPa,

E = (350—550) 103 MPa.
Korxonalar uglerodli tolalarni buralgan yoki buralmagan arqon shaklida chiqaradi. Arqondagi tolalar soni: 1000—160000 tola, diametri d—1 mkm. Kamchiliklari:havoda oksidlanishga moyilligi;
Korxonalarda monotola shaklida g‘altaklarda chiqariladi. Bo‘r tolalari polimer va aluminiy asosli matritsali kompozitlar ishlab chiqishda qo‘llaniladi.


Yüklə 87,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin