Metall kesuvchi stanoklarning umumiy tasnifi bo'yicha zago-tovkalarda tishlar va rezbalarni tayyorlash uchun xizmat qiladigan stanoklar beshinchi guruhga kiritilgan



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə8/11
tarix01.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#92391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13-станоклар турлари

15.2. Rezba frezalash stanoklari

Bunday stanoklar ikki turga bo'linadi: kalta va uzun rezbalarni frezalovchi stanoklar. Kalta rezbalar taroqsimon freza, uzun rezbalar esa disk frezasi yoki keskichli kallakJar yordamida ishlov o'tadi.

5Б63 modelli rezba frezalash avtomati yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida tashqi va ichki rezbalarni taroqsimon frezalar yordamida frezalash uchun mo'ljallangan (15.5-rasm). Staninaning chap qismida old babkajoylashgan bo'lib, uning shpindeliga zagotov-ka o'rnatib mahkamlanadigan patron (J) kiygizilgan. Freza frezer babkasining shpindeliga o'matilib, karetka (6) ga nisbatan surish hara­kati oladi. Zagotovkaga M2 elektr dvigateli (N=l,5 kW; «=1400 min'), dan sekin aylanish-doiraviy surish harakati uzatiladi (n=0,315-16 mhr').

Freza bosh harakat - katta chastotali (n=160...2500 min') ay­lanma harakatni M1 elektr dvigateli (N=3 kW; n=1425min')dan ola-di. Freza babkasi gorizontal yo'nalishda zagotovka o'qiga parallel ravishda awal tez, keyin sekinroq harakatlanib kopirga yaqinlashadi. Shu payt



frezaga kesilayotgan rezba qadamiga mos surish harakati va ko'ndalang yo'nalishda kesib kirish harakati uzatiladi. Zagotovka to'la bir marta aylanadi—rezba frezalanadi.

So'ngra freza zagotovkadan uzoqlashib boshlang'ich holatiga qayta-riladi. Stanok to'xtatilib, ishchi tayyor detalni bo'shatib oladi, yangi zagotovkani o'rnatib, stanokni ishga tushiradi. Sikl takrorlanadi. Taroq­simon frezalar bilan ishlaydigan rezba frezalash stanoklari diametri 200 mm gacha va uzunligi 15...75 mm Ii rezbalarga ishlov bera oladi.

Taroqsimon frezalar dastali va boshqa dastaga o'rnatiladigan turlarda ishlab chiqariladi. Ichki rezbalarni kesishda frezaning diametri kesi­layotgan zagotovka ichki diametridan taxminan ikki barobar kam miqdorida tanlab olinadi. Taroqsimon frezalar yordamida konussimon zagotovkalarda ham rezba frezalab hosil qilinadi. Frezaning uzunligi detalda kesilayotgan rezba uzunligidan 2...3 yo'l chamasida uzunroq bo'lishi kerak. Taroqsimon frezalar tishlarining orqa yuzasi kertilgan bo'ladi
Rezba yo'nish tokarIik stanoklari

Stanoklar va boshqa mexanizmlar, yuqori aniqlikka ega bo'lgan yurgizish vintlari, shuningdek rezba kesish asboblarijuda katta aniq-likda ishlaydigan tokarlik stanoklarida tayyorlanadi. Bu stanoklar katta bikirlikka ega, kinematik zanjirlari aniq ishlaydi, uchragan xatolarni to'g'rilab turuvchi maxsus qurilmalar ishlatiladi. Masalan, 1622 modelli tokarlik stanogining tezliklar qutisi stanok staninasidan ajratilgan alohida fundamentga o'rnatilgan.

BoltIarga rezba ochish stanoklari. Bolt va unga o'xshash detallarga rezba ochish uchun mo'ljallangan (15.6-rasm). Tokarlikstanogiga o'xshash ko'rinishidagi bir shpindelli, boltlarga rezba ochish stanogida zagotovka tiskiga qisilib maxovik yordamida tezda mahkamlab o'rnatiladi. Tiski sup-portga o'rnatilgan, support shpindel bilan bog'langan sxv=6 mm Ii yurgizish vinti yordamida suriladi. Support bolt zagotovkasi bilan birga shpindelga o'rnatilgan o'z-o'zidan ochiluvchi rezba kesish kallagiga qarab siirilib boradi. Kallakda bir necha rezba kesish keskichlari rezba hosil qilinadigan yuzaga urinmalar (tangensial) holidajoylashtirilgan. Rezba kesish kallagi 3,5 kW Ii elektr dvigateldan tasmali uzatma va tezliklar qutisi orqali aylanma harakat oladi.



Gaykalarga rezba ochish stanoklari. Yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida gaykalarga rezba ochish maxsus yarim av-tomat va avtomatlarda to'g'ri va qiyshaytirilgan dastakli mashina metchik-Iari yordamida bajariladi.



Ikki shpindelli, gaykalarga rezba ochish avtomati egik dastali metchik bilan ishlaydi. Metchik maxsus kallak bilan birga shpindeldan aylanma harakat oladi. Gayka zagotovkalari bunkerdan aylanib turuvchi metchik-ka yaqinlashadi, metchik va uning qiyshaytirilgan dastasi bo'ylab hara-katlanib, rezbasi ochilgan tayyor gaykalar yashikka tushib yig'iladi (15.7-rasm).

15.4. Rezba nakatka qilish stanoklari



Rezba nakatka qilish stanoklari yassi va doiraviy plashkalarda ishlov-chi turlarga bo'linadi. Yassi plashkali stanoklarning ish unumdorligi yuqori va aniq rezbalarni hosil qilish imkoniyatiga ega. Zagotovkalar bunkerdan ishlov berish zonasiga qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas plash-kalar orasiga kelib tushadi. Qo'zg'aluvchan yassi plashka elektr dviga-tel, tasmali uzatma, tishli g'ildirak uzatmasi va krivoship—shatunli mexanizm orqali ilgarilama-qaytar harakat qiladi (15.8-rasm).

Yassi plashkalar yordamida diametri 2...25 mm va uzunligi 125 mm gacha bo'lgan sirtlarda rezba hosil qilinadi. Bu usulning ish unum­dorligi yuqori, lekin rezbaning aniqligi doiraviy plashkalar bilan na­katka qihshga qaraganda kamroq.

Doiraviy plashkali stanoklarda zagotovka qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas doiraviy plashkalar (roliklar) orasidagi tayanchiqqa joy-lashadi. Qo'zg'aluvchan plashka tezda zagotovkaga yaqinlashib, uni qo'zg'almas rolikka bosadi, shu payt rezba yuzasi nakatka qilinadi, zagotovkaning bir necha aylanishlari natijasida to'la rezba hosil bo'ladi. Ikkala rolik bir elektr dvigateldan mexanik uzatma orqali aylanma hara­kat oladi. Qo'zg'aluvchan rolikning to'g'ri chiziqli surilishi gidroyuritma vositasida bajariladi (15.9-rasm). Bu usulda nakatka qilinadigan rezbaning diametri 100 mm gacha yetadi.

Nakatka qilish orqali detallarda silindrik va konussimon roliklar yordamida konussimon rezba hosil qilish ham mumkin.

Qadami 2...3 mm Ii ichki rezbalar raskatnik deb ataluvchi asbob yordamida hosil qilinadi.



Nakatka qilish usulining afzallikJari quyidagilardir:


  1. ish unumdorligining yuqoriligi;


  2. mahsulotlar tannarxining nisbatan past bo'lishi;


  3. kesib ishlangan rezbalarga qaraganda rezbali mahsulotlarning mustahkamligi va ishqalanishga chidamligi ancha yuqori.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin