/=b+(5... 7)-dolbyakning yurish masofasi, mm.
//. Dolbyakning aylanma (aylanma surish) harakati. Bu harakat M2 elektr dvigatelidan boshlanadi, uning kinematik balans tengiamasi:
bundan
///. Bo'lish harakati —dolbyak va zagotovkaning o'zaro moslash-gan harakatidir, ya'ni dolbyak bir tishga burilganida zagotovka ham bir tishga burilishi kerak. Bu harakatning kinematik balans tenglamasi:
bu ndan:
bu formuladan bo'lish gitarasini sozlashda foydalaniladi.
IV. Zagotovkaningradial surilishi (dolbyakning zagotovkaga qirqib kirish harakati). Bu harakat zagotovkaning dolbyakka qarab surilishi, ma'lum balandlikka ega bo'lgan tishni (ikki tish oralig'ini qirqib) hosil qilish uchun zarur bo'lib, uni gidrosilindrlar yordamida stol karet-kasining chapga surilishi orqali hosil qilinadi.
V. Saltyurish paytida dolbyak zagotovkadan uzoqlashtiriladi (zagotovka va dolbyakning o'zaro ishqalanmasligi uchun), ish yurishidan oldin dolbyak zagotovkaga yaqinlashtiriladi.
Vintsimon tishli g'ildiraklarga ishlov berilganda dolbyak shtosseli-dagi z=90 bo'lgan chervyak g'ildiragiga vintsimon yo'naltirgich o'rnatiladi (14.6-rasm), uning qiyalik burchagi qirqiladigan tishning qiyalik burchagiga teng bo'lishi kerak. Dolbyak ham vintsimon tishli bo'lishi lozim. Endi dolbyak yuqorida ko'rsatilganlardan tashqari aylan-ma qaytar harakatni ham bajaradi.
Dolbyaklar o'rnatilish usuli bo'yicha dastali va dastaga o'tqaziladigan, konstruktiv belgilari bo'yicha disksimon va kosacha shaklidagi, aniqligi bo'yicha uch sinfga (AA, A va B), tuzilishi bo'yicha 5 tipga (I-disksi-mon to'g'ri tishli, II-disksimon qiyshiq tishli, III-kosacha shaklidagi to'g'ri tishli, IV-dastali to'g'ri tishli, B-dastali qiyshiqtishli) boiinadi.
14.6. Konussimon g'ildiraklarda tish kesish stanoklari
Konussimon tishli g'ildiraklarni ishlab chiqarish silindrik g'ildiraklarni ishlab chiqarishga qaraganda ancha murakkabdir. Konussi-mon g'ildiraklarning tishlari bir-biriga parallel emas, demak, tishlarning o'zi ham, ularning oralaridagi bo'sh joylar qam o'zaro parallel yon yoqlariga ega emas. Shu sababli tishlar orasidagi bo'sh joyning chu-qurligi va kengligi konussimon g'ildirakning katta asosidan kichik asosiga qarab asta-sekin kamayib boradi. Bularning barchasi konussimon g'ildiraklar tishlariga ishlov berishda qiyinchilik tug'diradi va stanoklar-ning konstruksiyasini murakkablashtiradi. Amalda to'g'ri tishli va doiraviy tishli konussimon g'ildiraklar keng qo'llaniladi. To'g'ri tishli konussi-mon g'ildiraklar tishlarini shakldor asboblar yordamida kopirlash usuli bo'yicha quyidagicha kesish mumkin:
modulli disk va barmoq frezalari bilan frezalash (xomaki kesish);
disksimon protyajka yordamida doiraviy sidirish (xomaki va toza-lab ishlov berish);
• keskichlar yordamida shablon bo'yicha randalash. Konussimon g'ildirakning tishlarini eng aniq va samarali tayyor-lash—bu obkatka usulidir. Konussimon g'ildiraklar tishlarini qirqib tayyorlashda ishlab chiqaruvchi yoki faraz qilinadigan g'ildirak tushun-chasi kiritiladi. Haqiqatda stanokda bunday g'ildirak yo'q, ammo stanokning planshayba (lyulka)sida kesuvchi asboblar (keskichlar, freza-lar, tish kesish kallagi) joylashib, ularning kesuvchi qirralari ishlab chiqarish (faraz qilinadigan) g'ildiragi tishlari profilini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish g'ildiraklarining yassi, konussimon, yassi-uchli, ko-nussimon-uchli turlari bor. Asboblarni tayyorlash nuqtayi nazaridan yassi ishlab chiqaruvchi g'ildirak eng qulay bo'lib, unda boshlang’ich konus uchidagi burchak va tishlar yassi yon yoqlarga ega,
ya'ni tishning profili to'g'ri (tekis) yoqli (14.9-rasm).
5236П modeIli tish ran-daIash yarim avtomati. Bu yarim avtomat zamonaviy stanoklardan bo'lib, konussimon to'g'ri tishli g'ildi-raklarning tishlarini ikki tish randalash keskichlari yordamida kesishga mo'ljal-langan. Stanokda (14.10-rasm) tishlarga xomaki va tozalab qirqib ishlov berish mumkin.
5236П modeUi tish randalash yarim avtomatining texnik tavsifi quyidagicha:
tishlari qirqiladigan g'ildiraklarning eng katta diametri Dmax=125 mm;
tishlari qirqiladigan g'ildiraklarning eng katta moduli m=2,5 mm;
tishli qisminig eng katta kengligi Bma=20 mm;
keskichlarning minutiga yurishlar soni w=160-180 i.y./min.
Keskichlar (ikkita) oldingi babkaga o'rnatilgan planshayba va unda joylashtirilgan polzunlarga mahkamlanadi. Keskichlar ilgarilama -qaytar harakatlanadi.
Zagotovka mahsulot babkasining shpindeliga o'rnatilib, aylanma harakatlanadi va bu harakat planshayba (lyuIka)ning aylanma harakati bilan moslashgan bo'ladi.
Yarim avtomat sikl bo'yicha ishlaydi. Sikl birtishga ishlov berishga sarf qilingan vaqt bo'lib, uning davomida ma'lum tartibda turli hara-katlarbajariladi. So'ngrasikl takrorlanadi. Stanokda sikllarni hisoblagich o'rnatilgan bo'lib, belgilangan sikllar tugagach stanokni to'xtatishga signal (komanda) beradi.
Stanokda quyidagi harakatlar bor:
Dostları ilə paylaş: |