11
kristallanayotgan jismlarning dislokatsiya zichligi 102...104sm-2 ga teng.
Muvozanatdagi polikristallarning dislokatsiya zichligi 106...107sm-2 ga yetadi Juda
katta plastik deformatsiya natijasida dislokatsiya zichligi 108...1012sm-2 ga yetishi
mumkin.
Kristall jismdagi dislokatsiya panjaraning qiyshayishiga sabab bo‟ladi. Tashqi kuch
ta„sirini kritik qiymatdan oshirish metallda darz hosil bo‟lishiga sabab bo‟ladi.
a) b)
2-rasm.Kristall panjarada uchraydigan nuqsonlar: a) vakansiya; b) dislokatsiya
.
Metallarning allotropik shakl o„zgarishlari
Kristall panjaraning har xil turlarining mavjudligi jismning eng kam ichki potensial
energiyaga ega bo„lishi, shu sharoitda jismning ma‟lum bir turg„unlikka ega
ekanligini ifodalaydi. Ma‟lum sharoitga ko„p elementlar K8
elementar katakcha
shaklida bo„ladi, qolgan elementlar esa G6 yoki K12 ko„rinishda bo„ladi. Lekin
kristall panjara turg„un bo„lgan sharoitda harorat oralig„i yoki mavjud sharoit
o„zgarsa, yangi turg„un sharoitga mos bo„lgan kristall panjara turi ham o„zgaradi.
Masalan, birgina temir elementi sharoitga qarab, K8 va K12, kobalt elementi K12 va
G6 kristall panjaralarga ega bo„lishi mumkin.
Metallarning turli sharoitda bosim o„zgarmaganda har xil haroratda turli
kristall panjara hosil qilish xususiyati allotropiya yoki polimorfizm deyiladi.
12
Allotropiya so„zi grekcha allos - boshqa va tropos - burilish so„zlaridan
tuzilgan bo„lib, ba‟zi kimyoviy elementlarining, jumladan ba‟zi
metallarning erkin
holatda fizikaviy hamda kimyoviy xossalari turlicha bo„lgan shakllarda bo„la
olishini bildiradi. Polimorfizm so„zi grekcha polumorphos - xilma-xil so„zidan
olingan bo„lib, ba‟zi metallarning o„z kimyoviy tarkibini o„zgartirmagan holda har
xil kristall shakllarda bo„la olish xususiyatini bildiradi.
Metallardagi polimorf o„zgarish izotermik (harorat o„zgarmasdan sodir
bo„ladigan) jarayon bo„lib, u issiqlik chiqarish yoki yutish xususiyatiga ega.
Boshqacha qilib aytganda, polimorf o„zgarishda qayta kristallanish sodir bo„ladi.
Birgina elementning bir necha turdagi kristall panjara ko„rinishlari polimorf
qatorni tashkil qiladi. Bu qator (, (, (, (…bilan belgilanadi. Metallardan Fe, Sp, Co,
Ti va boshqalar polimorfizm xossasiga egadir.
Temir 1539 0S da kristallana boshlaydi, natijada hosil bo„lgan kristall panjara
turi markazlashgan kub katakcha (K8) shaklida bo„ladi. Demak, 1392 0S dan 1539
0S gacha K8 shaklida ((-modifikatsiya) bo„ladi. Sovish harorati 1392 0S ga yetganda
kristall katakchaning shakli o„zgaradi (K8→K12), yani polimorf o„zgarish ro„y
beradi. Harorat 911 0S gacha pasayganda ya‟na polimorf o„zgarish ro„y
beradi
(K12→K8). Yoqlari markazlashgan (K12) kub katakcha ya‟na hajmi
markazlashgan (K8) kub katakchaga o„tadi.
Yoqlari markazlashgan kub katakcha temirning (-modifikatsiyasi deyiladi, 9110S
dan kichik haroratda hosil bo„lgan markazlashgan kub katakcha (-modifikatsiya
deyiladi. Demak, qizdirilganda ham xuddi shu jarayon qaytariladi ((→(→δ), (-
hamda (-modifikatsiyalarning kub katakchalari shakli bir xil bo„lganligi uchun (-
modifikatsiyani yuqori haroratli (-modifikatsiya deb ham ataladi.
Metallardagi polimorf o„zgarishlar faqat o„zgarmas harorat oralig„igagina
bog„liq bo„lmasdan, balki y‟uqori bosim ta‟sirida allotropik shakl o„garishi sodir
bo„lishi mumkin. Masalan, bosim ostidagi polimorf o„zgarishlarni texnikada
qo„llanishiga misol qilib sun‟iy olmos olish jarayonini ko„rsatish mumkin. Uglerod
yuqori harorat ta‟sirida olmos modifikatsiyasiga o„tadi. Sun‟iy
olmos texnikaning
turli sohalarida keng qo„llaniladi.
13
Metallarningg birlamchi kristallanishi
Metallning atomlari tartibsiz harakatda bo„lgan suyuq holatdan atomlari batartib
joylashgan qattiq holatdga o„tish jarayoni birlamchi kristallanish deyiladi.
Har qanday modda sharoit o„zgarganda kichik erkin energiyali, barqaror
holatga o„tishga intilishi sababli bu jarayonda issiqlik ajraladi yoki yutiladi. Bunda
ma‟lum qonuniyat asosida moddaning erkin energiyasi o„zgaradi.
Ma‟lumki, metall hali suyuqligida uning atomlari uzluksiz betartib harakatda
bo„ladi. Metall harorati pasaygan sari atomlarning
tartibsiz harakati ham susayib,
ma‟lum bir haroratdan boshlab, suyuq metallning ayrim sohalarida
kristallanish
markazini hosil qiluvchi atomlar guruhi vujudga keladi, u “tug„ma” kristallanish
markazlari deyiladi. Jarayonda bu markazlarning ba‟zilari
tartibsiz harakatda
bo„lgan atomlarning kelib urilishlari natijasida parchalanib ketsa, ba‟zilari esa
bombardimon qilinmay qoladi. Bu “turg„ma” turg„un markazlar atrofida metall
kristallana boshlaydi. Metallda erimagan turli oksidlar va metallmas zarrachalar ham
kristallanish markazlari rolini o„ynaydi.
Kristallanishning
dastlabki
davrida
vujudga
keladigan
kristallar
(monokristallar) ma‟lum geometrik shaklda bo„lib, erkin o„sa boradi, lekin ularning
biri ikkinchisidan o„zining o„lchamlari va o„sish yo„nalishi bilan farq qiladi.
O„sayotgan bu kristallar bir-biri bilan to„qnashganda ularning to„g„ri geometrik
shakli buzilib, avvalgi yo„nalishlar buyicha kristallarning erkin o„sishi to„xtab,
o„sish to„sqinlik bo„lmagan y‟onalishida davom etadi. Shunday qilib, kristallanish
to„la tugaganda turli shaklli, o„lchamli va turli tomonga yunalgan donalar hosil
bo„ladi (3-rasm). Donalar o„lchami kristallarning o„sish tezligi (K.T.) ga va
kristallanish markazlari soni (M.S.) ga bog„liq. 4-rasmda kristallarning o„sish tezligi
va markazlari sonining o„ta sovish darajasi (n) ga qarab o„zgarishi sxematik ravishda
ko„rsatilgan.
14
3- rasm. Kristallarning o‟sish sxemasi.
4-rasm. Kristallarning o‟sish tezligi (KT) va kristallanish markazlari soni (MC) ning
o‟ta sovish darajasi (n) ga qarab o‟zgarish grafigi.
Ushbu diagrammaga asoslanib, hajm birligidagi dona o„lchamlarining K.T.
va M.S. ga bog„liqligini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: