16
a) Metallarning fizik xossalariga ularning rangi, zichligi, issiqlik
o„tkazuvchanligi, suyuqlanish harorati, issiqdan kengayuvchanligi, issiqlik sig„imi,
elektr o„tkazuvchanligi, magnit xossalari kiradi.
Rangi deb, metallning unga tushgan yorug„lik
nurlarini qaytara olish
xususiyatiga aytiladi. Masalan, mis qizg„ish ranglarni, alyuminniy kumushsimon oq
ranglarni qaytaradi.
Zichligi hajm birligida to„plangan massa bilan xarakterlanadi.
Suyuqlanish - qattiq holatdan suyuq holatga o„tish jarayonidar. Temirning
suyuqlanish harorati 1539 0S, qalayniki 232 0S, misniki 1083 0S.
Issiqlik o„tkazuvchanligi, bu metallarning issiqlikni yutib, sovitilganda uni
qaytarish xususiyatidir.
Issiqdan
kengayuvchanligi,
bu
qizdirganda
metallarning
kengayib,
sovitilganda qisqarish xosasidir.
Metallning issiqlik sig„imi deb, qizdirilganda ma‟lum miqdordagi issiqlikni
yutish xususiyatiga aytiladi.
Metallning o„zidan elektr toki o„tkazish xususiyatiga elektr o„tkazuvchanligi
deyiladi.
b) Metallarning kimyoviy xossalari. Metall
va qotishmalarning kimyoviy
xossalari, bu ularning oksidlanishga, tashqi muhit, havo, namlik, kislota va
boshqalarning ta‟siridan yemirilishiga qarshi to„ra olishi xossalaridir. Aytib
o„tilgan omillar ta‟siridan kimyoviy yemirilishga metallarning korroziyasi deyiladi.
Korroziya 2 turga bo„linadi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya.
Kimyoviy korroziya elektr toki o„tmaydigan muhitga, masalan,
quruq gaz,
benzinda ro„y beradi. Dvigatellar chiqarish klapanlarining, termik ishlov berish
pechlari ichki armaturasining oksidlanishi shunday korroziya hisoblanadi.
Elektrokimyoviy korroziya tok o„tkazuvchi muhitning (namlik, nam havo,
kislotalar, ishqorlar, . . .) metallga ta‟siri oqibatida yuz beradi.
Metall va
qotishmaning tarkibi bir xil emasligi tufayli bunday korroziya hosil bo„ladi. Metall
va qotishmalardan foydalanish vaqtida ularning qo„llanilish sohasi va ishlash
muhitiga bog„liq ravishda ularning kimyoviy tarkibini et‟iborga olish zarur,
17
shuningdek, korroziyaga qarshi tegishli choralarni ko„rish (laklar, buyoqlar, oksid
pardalar bilan qoplash) lozim bo„ladi.
v) Mexanikaviy xossalari. Metall va qotishmalarning tashqi kuchlari
ta‟siriga qarshilik ko„rsata olish xususiyati ularning mexanikaviy xossasi deyiladi.
Metallning asosiy mexanikaviy xossalariga uning mustahkamligi,
plastikligi,
elastikligi, qattiqligi, zarbiy qovushoqligi kiradi. Amalda materiallarning bu
mexanikaviy xossalari GOST asosida sinab aniqlanadi.
Mustahkamlik - metallning kuchlar ta‟siri ostida yemirilishga yoki qoldiq
deformatsiya paydo bo„lishiga qarshilik ko„rsatish xususiyatidir.
Qattiqlik
– metallning o„zidan qattiqroq jism ta‟siridan sirtqi
deformatsiyalanishga qarshilik ko„rsatish xususiyatidir.
Elastiklik - metallning kuch ta‟siri to„xtatilgach, o„zining dastlabki
shaklini
tiklash xossasidir.
Zarbiy qovushoqlik – metallning dinamik yuklanishlar (nagruzkalar)
ta‟siridan yemirilishga qarshilik ko„rsatish xossasidir.
g) Texnologik xossalari. Materiallarning sovuqlayin yoki qizdirilgan holda
turli texnologik ishlovlar (quyish, bolg„alash, payvandlash, kesib ishlash) ga
moyilligi, ularning texnologik xossalari deyiladi.
Payvandlanuvchanlik deb, payvanlanadigan sirtlarning plastik yoki suyuq
holatgacha qizib, ajralmas mustahkam birikmalar hosil qila olish xususiyatiga
aytiladi.
Bolg„alanuvchanlik deb, metallning bosim ostiga bolg„alanib va prokatlanib
ishlanuvchanlik
xossasiga, ya‟ni qizdirilgan holatga yoki sovuqlayin zarb yoki
bosim ta‟sirida kerakli shaklga kirish xususiyatiga aytiladi.
Ishlanuvchanlik deb, metallning kesib ishlov berish mumkinlik xossasiga
aytiladi.
Bundan tashqari metallarning bukuluvchanligi, takror bukuluvchanligi kabi
xossalari ham mavjud va ular maxsus sinash usullari orqali aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: